islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
#Arab_tili

Tag

Xalqaro arab tili kuni to‘g‘risida qanday ma’umotlarni bilasiz?

“Til-so‘zlovchi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimonidir” (Abu Rayhon Beruniy) Jahonda 6 ta xalqaro til ya’ni inqliz, arab, xitoy, fransuz, rus va ispan tillar bor. Dunyo tillaridan biri hisoblangan arab tili insoniyat tamaddunida, ilm-fan taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etgan. Arab tilida yozilgan ilmiy asarlar ko‘plab ixtirolarga, kashfiyotlarga sabab bo‘lgan. Qadimiy arab tili miloddan avvalgi V-IV asrlarga taalluqli obidalar orqali maʼlumdir. U mumtoz arab tilining paydo bo‘lishiga asos boʻlgan. Mumtoz arab tilining leksik va grammatik shakllanishi johiliyat davri (V-VII asrlar) shoirlarining ogʻzaki ijodlarida namoyon boʻla boshlagan. Qur’oni Karimning nozil boʻlishi natijasida mumtoz arab tili badiiyati yanada goʻzallashdi va grammatik meʼyorlari mukammallashdi. VIII-IX asrlarda mumtoz arab tili grammatikasi ishlab chiqildi, islom yoyilgan o‘lkalarda rasmiy va ilmiy til boʻlib qoldi. - “Tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Faxriddin YERNAZAROV