islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
maqola

Tag

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING SAMARALI USLUBLARI

Korrupsiya – davlat va jamiyatning barcha sohalaridagi resurslar noto‘g‘ri taqsimlanishiga, adolatsizlikning avj olishiga va aholining hukumatga bo‘lgan ishonchining kamayishiga olib keladigan jarayon. Shu sababli uning oldini olish va qarshi kurash – barqaror taraqqiyot hamda demokratik jamiyat qurish uchun muhim shartdir. Korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazolash choralaridan iborat emas: u keng qamrovli profilaktik (oldini olish) mexanizmlarni, institutsional islohotlarni, jamiyatning barcha qatlamlarini jalb qilishni talab qiladi. Korrupsiyani oldini olishning eng samarali yo‘llaridan biri – kuchli va izchil qonunchilik bazasini yaratishdir. Ko‘pgina davlatlar “korrupsiyaga qarshi qonunlar” qabul qilib, unda pora olish, pora berish, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi holatlar aniq jazoga tortilishini belgilaydi. Xususan, O‘zbekiston qonunchiligida korrupsiya tushunchasi va unga nisbatan javobgarlik belgilangan me’yoriy asos yaratilgan... Bahriddin JO‘RABEK O‘G‘LI tayyorladi

Ta’rifot kitobiga tavsif

Ilmiy mazmundagi asar, kitob yoki maqolalarni o‘qish jarayonida o‘quvchi oldida ko‘plab istilohlar, atamalar, terminlar hamda maxsus ilmiy iboralar uchrab turishi odatiy holatdir. Chunki har bir ilmiy soha yoki fan o‘ziga xos terminologiya tizimiga ega. Ushbu terminlar o‘sha sohaning asosiy tushunchalarini aniq, qisqa va bir ma’noli tarzda ifodalashga xizmat qiladi. Agar oldimizdan bizga ma’lum bo‘lmagan istilohlar chiqsa, hozirgi kunda qiladigan ishimiz internet yoki sun’iy intellektdan foydalanishdir. Internet va sun’iy intellekt tadqiqotlarda samarali vosita hisoblanadi. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, bu ma’lumot har doim ham to‘liq va ishonchli bo‘lmaydi. Shu sababli, olingan ma’lumotlarni asl manbalar bilan solishtirib tekshirish zarur. Bu ilmiy tadqiqotlarda zaruriy ish bo‘lib, ilmiy aniqlik va ishonchlilikni ta’minlaydi. To‘g‘ri, bu masalada ham biz internet va sun’iy intellektdan foydalangan holda ma’lumotni asl manbalariga tezroq solishtirishimiz mumkin. Lekin baribir bu yerdagi asl narsa – bu sun’iy ong emas, balki u ma’lumotni olgan manbalardir. Bizdan oldingi davrlarda olimlar duch kelgan istilohlarning ma’nolarini topish ikki bosqichda amalga oshirilgan: Birinchi bosqich – izlanayotgan atama aynan qaysi sohaga tegishli bo‘lsa, o‘sha sohada yozilgan asarlarni qidirib topish; Ikkinchi bosqich – topilgan asarlar ichidan kerakli atama ma’lumotlarini izlab topish. Sir emaski, bu ikki bosqichli qidiruv amaliyoti biroz murakkab bo‘lib, uni yengillashtiruvchi uslub va asarlarga ehtiyoj tug‘ilgan edi. Shu muammoni bartaraf etish hamda talaba va tadqiqotchilarning izlanish jarayonini osonlashtirish maqsadida mazhabimiz ulug‘ olimlaridan biri bo‘lmish Aliy ibn Muhammad ibn Aliy Sayyid Sharif Jurjoniy (1339–1413) o‘zining “Ta’rifot” (ta’riflar) nomli kitobini yozdilar. Sayyid Sharif Jurjoniy Islom olamida katta martabaga ega, islom tarixidagi eng buyuk aql egalaridan biri bo‘lgan mashhur olimdir. U kishi ko‘plab kitoblar yozgan va ilmiy xizmatlari bilan tanilgan. Bizning diyorlarda u kishining Mas’ud ibn Umar Sa’diddin Taftazoniy (1322–1390) bilan birga Amir Temur (1336–1405) huzurida jam bo‘lganliklari mashhurdir. Kitob falsafa, mantiq, tasavvuf, nahv, sarf, aruz va balog‘at kabi ilmiy sohalarga oid atamalar va tushunchalarni alifbo tartibida tizimli tarzda jamlagan. Asarning mazmuni o‘quvchilarga murakkab ilmiy tushunchalarni osonroq anglashga yordam beradi va turli ilmiy sohalar bo‘yicha terminologik aniqlikni ta’minlaydi. Shu sababli u nafaqat o‘sha zamondagilar uchun, balki keyingi avlod talabalari uchun ham muhim ilmiy manba sifatida qadrlanadi. Sun’iy intellekt orqali olingan ma’lumotlarni asl manbalar bilan solishtirib qayta tekshirish zarurligini aytdik. Shu sabab Sayyid Sharif Jurjoniy yaratgan ushbu kitobning ahamiyati bugungi kunda ham o‘zgarmagan va aslo kamaymagan. Bundan tashqari, Sayyid Sharif Jurjoniy murakkab masalalarni oson bayon qilish uslublari va yuksak aqliy darajalari bilan ajralib turganlar. Aslida mana shu ikki sababning o‘zi ham u kishining ushbu asarlarini o‘qish va o‘rganishga undaydi. Chunki olimlar: “Inson kitob o‘qiganida nafaqat muallif aytgan ma’lumotlarni, balki uning aqlini o‘qiydi”, deganlar. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, oldingizdan siz bilmagan yangi atama chiqib qolsa, sun’iy ongdan foydalanishga shoshilmang. “Ta’rifot”ni oching va islom tarixidagi eng buyuk “aql”lardan biriga sayohat qiling. Lekin aslida sayohatni boshlashingiz uchun oldingizdan yangi atama chiqishini kutishingiz shart emas…   Ibrohim ERQULOV, TII magistr talabasi 192

Kitobul minhoj yozilishinig sabablari

Halimiy asarini "Minhoj" (yo'l, uslub) deb nomlashining sababi, Qur'ondagi: “Sizlardan har biringizga alohida shariat va Minhoj (yo’l) qilib qo’ydik”, (Moida 5/48) oyatiga asoslanadi. Shu bilan birga Halimiyni Minhojni yozishga undagan sabablarni quyidagicha tartiblash mumkin: 1. Shariat ilmini muhofaza qilish:.. TII talabasi Abdulbosit LUQMONJONOV tayyorladi.

Ўзбекистонлик уламолар тақдирланди

Шу билан бирга уламоларимиз аср намозидан сўнг Уфа шаҳридаги “Ризо” жоме масжидида юздан зиёд ватандошларимиз билан учрашиб, уларга диний-маърифий суҳбат қилиб бердилар.