Treningda Google akkaunt yaratishdan boshlab, dars jarayonida va darsdan tashqarida, individual hamda jamoaviy tarzda foydalanish imkonini beruvchi turli ilovalar, onlayn platformalar, smart doskalar va tarqatma materiallar uchun qidiruv bazalari bilan ishlash ko'nikmalari o‘rgatildi. Qatnashchilar har bir ilovani o‘z kompyuter va telefonlarida trener bilan baravariga amaliy foydalanib ko‘rishdi.