Alloh taolo bandalarining abadiy saodat-farovonlikka erishishlari uchun hayot taqvimida rahmat va mag’firatga to’la, ruhimizni oziqlantiradigan ayrim ma’naviy mavsumlarni belgilab qo’ygan. Ularning ichida eng barakotlisi shubhasiz, muborak Ramazon oyidir. Ushbu oyda bizga hidoyat manbai bo’lgan Qur’on nozil qilingan. - Toshkent islom instituti talabasi Munisa GIYOSOVA
Bugungi kunda moddiy farovonlik ichida yashayotgan Po‘lat hayotidan mamnun emas edi. Ramazon oyida uyida ayoli tayyorlab bergan iftorlik ham uning dilini xira qildi. Dasturxondagi taomlarga qarab, «iftorlikka durustroq narsa tayyorlasanglar bo'lmaydimi?», deb hafsalasizlandi. Ayolining va ikki qizining urinishlarini qadrlamay, qo'pol ohangda bir-ikki gap aytib, jahli chiqqan holda joyiga borib yotdi. U norozi kayfiyatda yotib, iftorlikning unga yoqmaganidan o‘zicha nolidi. Ko‘ngli xotirjam bo‘lmagan holda, uxlashga harakat qildi. - Toshkent islom instituti talabasi Anvar XUJAXANOV
Bugun mana shunday ulug’ kunlar ustida turgan ekanimizdan foydalanib, mavzuimizni Qadr kechasi, yanayam to’g’rirog’i, u berkingan Ramazon kechalari xususida so’z yuritamiz. Alloh taolo Qadr kechasini boshqa kechalar ichiga yashirdi. Nega deb o’ylaysiz?! - Toshkent islom instituti talabasi Ziroat OLIMJONOVA
Ro‘za tutishning inson organizmiga, ruhiyatiga foydasi beqiyos. O‘z ixtiyori ila o‘ttiz kun davomida ko‘ngli tusagan narsalardan tiyila olgan odam shubhasiz sabr-bardoshga ega bo‘ladi. Salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar buni tasdiqlayapdi. Shu bois ochlik yo‘li bilan davolash tibbiyotda keng qo‘llanilmoqda, davolashning bu turi dunyoda urf bo‘lmoqda. - Toshkent islom instituti talabasi Abdulbosit QODIROV
Ramazon oyi – butun musulmon olami uchun eng muqaddas va barakali davr bo‘lib, u faqatgina ochlik va chanqoqlik bilan cheklanib qolmaydi. Bu oy ruhiy poklanish, sabr-toqatni mustahkamlash, taqvoni oshirish va nafs ustidan nazorat o‘rnatish imkoniyatini beradi. Shuningdek, Ramazon sog‘liq uchun ham ko‘plab foydalar olib keladi. Ushbu oy davomida musulmonlar ibodat qilish, sadaqa berish, odob-axloqni yaxshilash va gunohlardan poklanish orqali Yaratganga yaqinlashadilar. - Toshkent islom instituti talabasi Abror ASLANKULOV