islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
#Tanlovga

Tag

RAMAZON – SABR, TAQVO VA SAXOVAT OYI

Ramazon – Alloh taolo tomonidan mo‘minlarga in’om qilingan eng ulug‘ va muborak oy. Bu oyda Qur’oni karim nozil qilingan bo‘lib, u insoniyat uchun to‘g‘ri yo‘lning ochiq dalillari va hidoyat manbaidir. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Ramazon oyi – odamlar uchun hidoyat bo‘lib, to‘g‘ri yo‘lning ochiq dalillari va (haq bilan botilni) farqlovchi (Qur’on) nozil qilingan oydir. Bas, sizlardan kim ushbu oyni topsa, albatta, ro‘za tutsin…” (Baqara surasi, 185-oyat). - Toshkent islom instituti talabasi Aslbek UMAROV

Ramazon – Allohga yaqinlashish oyi

Ramazon oyi – bu nafaqat roʻza tutish, balki insonni ruhiy jihatdan poklash, sabrni rivojlantirish va jamiyatda rahm-shafqatni kuchaytirish oyi hisoblanadi. Ramazon musulmonlar uchun ulkan ruhiy, maʻnaviy va jismoniy imkoniyatlarni ochadi. Bu oyda roʻza tutish – nafaqat ovqatdan, ichimlikdan, balki yomon fikrlardan va notoʻgʻri xulqlardan ham saqlanishni anglatadi. - Toshkent islom instituti talabasi Xalilulloh JUNAYDULLAYEV

FAZILATLI O‘N KUN

Barchamizga ma'lumki, Ramazon oyi uch xil fazilatga ega: birinchi o‘n kunlik Allohning rahmati nozil bo‘ladigan kunlar; ikkinchi o‘n kunlik Allohning mag‘firati keng bo‘lgan kunlar; uchinchi o‘n kunlik esa, ro‘zador bandalar do‘zaxdan ozod qilinadigan kunlardir. Ushbu o‘rinda uchinchi o‘n kunlikning asosiy fazilatlari haqida so‘z yuritamiz. - Toshkent islom instituti talabasi Samandar ISLOMOV
1 2