islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Жамият

Бўлимлар

Islomda ota-onaga yaxshilik qilishga bo’lgan targ’ib va bu borada yozilgan asarlar

Arab tilida "بِرّ"(birrun) so‘zi 1) yaxshilik, asllik, mehribonlik, oliyjanoblik, muhabbat; 2) taqvodorlik, diyonat, xudojo‘ylik; 3) muhtojlarga yordam, xayr-saxovat, ehson, xayriya degan ma’nolarni anglatadi. Istilohda esa ulamolar: “Birr” barcha yaxshiliklarni jamlovchi ismdir. “Birr” odamlarga yaxshi axloqlar ila muomalada bo‘lish, ularga yaxshilik qilish, rahm ko‘rsatish va sodiq bo‘lish hamda Alloh taolo bilan bo‘ladigan muomalada U Zotning buyruqlarini lozim tutish va qaytariqlaridan qaytishdan iboratdir. Shuningdek, gunohlardan xolis bo‘lgan doimiy amalga ham “birr” deyiladi, deb aytganlar...- TII “Hadis va islom tarixi fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi Qodirov Abdulvali Usmonqulovich

Ислом олами уюшмаси

Ислом олами уюшмаси, Muslim World League, رابطة العالم الإسلامي – дунёнинг турли мамлакатларининг йирик мусулмон уламо ва арбобларини бирлаштирган халқаро нодавлат ислом ташкилотидир. У 1962 йил 18 майда ташкил этилган, қароргоҳи Макка шаҳрида бўлиб, Ар-риёд, Жидда ва Мадина шаҳарларида бўлинмалари мавжуд. Уюшма Макка шаҳрида 53 минг квадрат метр майдонда жойлашган бўлиб, маъмурий идоралар учун беш қаватли бино, автотураргоҳ, конференция биноси, масжид, кутубхона ва омборлардан иборат.

Ziyoratning fazli

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Bir odam qishloqdagi birodarini ziyorat qildi. Alloh uning yo‘liga bir farishtani yubordi. U: “Qayerga ketyapsan?” dedi...- Toshkent islom instituti talabasi Biloliddin Mustafo

Farzandga munosib ism qoʻyish

Bolaning ota-onadagi haqlaridan, ota-onaning farzand oldidagi vazifalaridan biri farzandiga ma’nodor, chiroyli ism qo‘yishdir. Bola tug‘ilgan kunidayoq, yoki uchinchi yoxud yettinchi kunda ism qo‘yish mumkin. Ism qo‘yish uchun ma’lum kun tayin qilinmagan...- Toshkent islom instituti talabasi Buriboev Abdulvohid

Vaqt bebaho ne’mat

O‘tayotgan har bir lahza inson hayoti va umrining bir qismidir. Ana shu o‘tayotgan kun qiyomat kuni foydasiga yoki zarariga guvohlik beradi. Shuning uchun musulmon kishi o‘tkazayotgan vaqtini sarhisob qilib borishi lozim. Har o‘tayotgan daqiqasidan nimadir foyda olib qolishi kerak. Vaqtga e’tibor muhim bo‘lganidan, dinimizda ko‘plab toat- ibodatlar aniq vaqtga xoslab qo‘yilgan...- Toshkent islom instituti talabasi Abdukarimov Sadriddin.
1 2 3 24