islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Ислом тарихи

Бўлимлар

Islomga kirgan Jorj

Xolid ibn Valid - islom tarixidagi buyuk sarkarda, shu bois Sayfulloh (Allohning qilichi) laqabini olganlar. Bu zot Yarmuk jangidagi g'alabaga ham sababchi  bo'lganlar. Mazkur jangda RUM askarlariga qarshi kurashilgan. Rum sarkardasi JORJ Xolid ibn Validni suhbatga chorlaydi va bir nechta savollar beradi...- Toshkent islom instituti talabasi Abdurahim To'raqulov

Yusuf Xos Hojib va uning mashhur “Qutadg‘u bilig” asari

Yusuf Xos Hojib (asl ismi Yusuf bo’lgan, Yusuf Bolasog’uniy 1020/21-yilda tug’ulgan, vafot etgan yili noma’lum) -ulug’ shoir, mutafakkir, davlat arbobi bo’lgan. Yusuf Xos Hojib ”Qutadg‘u bilig” dostoni muallifi bo’lib, uning hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar beruvchi yagona manba ham “Qutadg‘u bilig” asaridir. Ushbu asarga ko‘ra, Yusuf Xos Hojib zamonasining barcha asosiy ilmlarini atroflicha o‘rgangan, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Ulug’ olim Yusuf Xos Hojib mashhur tilshunos olim Mahmud al-Qoshg’ariy kabi turkiy tilning mavqeini oshirish, uning madaniy-adabiy hayotdan o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun kurashgan...- "Tillar" kafedrasi katta o’qituvchisi Ernazarov Fakhriddin

Кампирлар жаннатга кирмайди

Пайғамбар(с.а.в) ҳузурларига бир кампир келиб: «Эй Аллоҳнинг Расули, дуо қилинг Аллоҳ мени жаннатга киритсин», деди. У зот: “Эй Фалончанинг онаси, жаннатга кампирлар кирмайди”, дедилар. Кампир йиғлаб ортига қайтди. Шунда Пайғамбар (с.а.в.): “У (кампир) га хабар беринглар, у кампир ҳолида жаннатга кирмайди”, деб Қуръони каримдан қуйидаги оятларни ўқидилар...- ТИИ модул таълим тизими талабаси, ЎМИнинг Қашқадарё вилоятдаги вакиллик ходими Руҳиддин Акбаров

Макка ва Бакка: орасида қандай фарқ бор?

Нима учун Қуръони карим оятида “Макка” сўзи ўрнига “Бакка” сўзи қўлланган? Бу икки сўз орасида фарқ борми? Бакка - Қуръони Каримнинг 3-сураси Оли Имрон 96-оятида зикр қилинган...- ТИИ Ҳадис ва ислом тарихи фанлари кафедраси катта ўқитувчиси Пўлатхон Каттаев

Moturidiy maktabining rivojlanish tarixi

Moturid — Samarqand yaqinidagi qishloqlardan birining nomi. U hozirda buzilgan shaklda Matrit deya ataladi. Aslida esa, manbalarda aytilishicha, qishloqning nomi arabcha «Mo turid?» so`zidan olingan. Ma’nosi «Nima demoqchisan?»dir. Aytishlaricha, Shayx Abu Mansur kalom ilmiga ruju qilgan paytlarida shogirdlari ko`payib ketgan va ular o`zaro bahs qilganlarida bir-birlariga arab tilida ko`pincha «Mo turid?» deb murojaat qilganlar. Shu so`z ko`pchilik qulog`iga tez-tez chalinavergach, Shayx shogirdlarini moturidiylar, qishloq nomini esa Moturid deb atay boshlaganlar (Zarnujiy. «Ta’lim al-muta’allim» sharhi)...- Toshkent islom instituti talabasi Abdusattoriy Abdulloh
1 10 11 12 13 14 33