islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Ислом тарихи

Бўлимлар

Адолатнинг кучи

Эртуғрул 1191-1281 йилларда яшаган саркарда, ўғузларнинг қай уруғидан, усмонлилар сулоласи бобокалонидир. XIII асрнинг 20-йиллари мўғуллар истилоси даврида Эртуғрул ўз уруғдошлари билан Мовароуннаҳр ва Хуросондан Кичик Осиёга келиб ўрнашган.

Alouddin Ali ibn Muhammad al-Qushchi

Ali Qushchi ( 1402- 1474) - O‘rta Osiyolik matematik va astronom. Ulug‘bek, Al-Koshiy va Qozizoda Rumiylarning shogirdi. Qozizoda Rumiyning o‘limidan so‘ng Samarqand rasadxonasini boshqargan. Ulug‘bekning o‘limidan so‘ng Ali Qushchi Forsga ko‘chib ketadi, u yerdan esa endigina turklar tomonidan bosib olingan Konstantinopolga ketib, sulton Mexmed II ga xizmat qiladi...- Toshkent islom instituti talabasi Tursunov Abduqodir

Ibrohim ibn Maqil Nasafiyning ilmiy hayoti

Ibrohim ibn Maqil Nasafiy rohimahulloh muhaddis faqih bo‘lgan va o‘z davrida Nasaf shahrida qozi bo‘lgan. Bu zot Imom Buxoriy, Imom Muslim va Imom Termiziy rohimahullohlar kabi buyuk olimlar bilan zamondosh bo‘lgan. Bu zot Xuroson, Iroq, Shom, Misr  va boshqa ko‘plab shaharlarga ilm talab qilib safar qilgan. Ibrohim ibn Maqil Nasafiy rohimahulloh Imom Buxoriy, Qutayba ibn Said, Hishom ibn Ammor va boshqa buyuk muhaddis rohimahullohlardan hadis eshitgan...- Toshkent islom instituti talabasi Ne’matxanov Alixon

Ayoz

G‘aznaviyning Ayoz ismli bir xizmatkori bo‘lib, G‘aznaviy uni o‘zining vazirlaridan-da ko‘proq yaxshi ko‘rar edi. Goho unga bosh vazirlarga buyurmagan maxfiy topshiriqlarini ham buyurib turardi. O‘z o‘rnida bu holat vazirlarga yoqmas, hatto ba’zan o‘zlariga yoqmasligini oshkor ham qilib qo‘yishar edi. Holat G‘aznaviyga namoyon bo‘lgach, u bir tadbir qo‘lladi. Barcha vazirlarini jamladi va xazinadagi eng qimmatbaho gavharni olib chiqishlarini buyurdi. So‘ngra gavharni bosh vazirga tutqazib, so‘radi...- Toshkent islom instituti talabasi Fazliddinov Saidburhon

Horun Ar-Rashid

Abbosiylar tojining duri sanalmish Horun ar-Rashid Ibn Mahdiy hijriy 170-193, milodiy 786-809 yillarda xalifalik qilgan. Haqiqatan ham, Horun ar-Rashid tarixdagi eng ulug‘ podshohlardan biri bo‘lgan. Uning davrida Islom davlati ravnaq topdi. Avval misli ko‘rilmagan to‘kinchilik, farovonlik, boylik zamoni bo‘ldi. Islom davlati o‘zining eng yuqori cho‘qqisini zabt etdi, istiqlolga erishib, ulug‘vorlik kasb etdi. Bu davrda Islom davlati quvvatlandi, turli sohalarda ilgarilab,ilm sohasida buyuk yutuqlarga erishdi. Uning salohiyati, qudrati, qadr-qiymati oshdi...- Toshkent islom instituti talabasi Malikov Marufjon
1 8 9 10 11 12 33