islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Ислом тарихи

Бўлимлар

Ibrohim Taymiy haqida

Ibrohim Taymiy rohmatullohi alayh ibodati va zuhdi bilan mashhur bo‘lgan zotlardan. U kishi Imom Ibrohim Naxa’iy rahmatullohi alayh bilan zamondosh va qadrdon do‘st edilar. Ularning ikkalasi ham Ko‘fa shahrida yashaganlar va ikkisi ham tobeinlardan bo‘lganlar. Bu ikki zotning ustozlari ham, shogirdlari ham bir bo‘lgan.  Hajjoj ibn Yusufning voliylik davrida ulamo va faqihlarning ko‘plari zindonband etilgan yoki qatl qilingan. Bir safar Hajjoj Ibrohim Ibrohim Naxa’iy rohmatullohi alayhdan norozi bo‘lib, u kishini tutib keltirish uchun odam yuborgan. Hajjojning askarlari Ibrohim Naxa’iyni izlab yurib Ibrohim Taymiy rohmatullohi alayhga duch kelib qolishadi. Ibrohim Taymiy rohmatullohi alayh askarlar do‘sti Ibrohim Naxa’iyni izlab yurishganini bilar edi...- Toshkent islom instituti talabasi Abbosxonov Muhriddin

Uyalmasang xohlaganingni qilaver!

Hadis roviylaridan birinchisi Imom Buxoriy rohimahullohning ustozi Abdulloh ibn Maslamadir. U kishi ko’proq Qa’nabiy deb zikr etiladi. Bu kishi mashhur muhaddislardan bo’lib, siqa roviy sanaladi. Avvalda o’zlari yashaydigan joydagi eng bebosh, ya’ni barcha nojoiz ishlarga mubtalo, dindan uzoq, xohlagan ishini qilishdan tap tortmaydigan odam bo’lgan ekanlar. Biroq keyinchalik bu kishiga Alloh taolo tarafidan ajib bir lutf bo’ldi. U zamonda “Amirul mu’miniyn fil hadis”(Hadis borasida mo’minlar amiri) nomi bilan shuhrat qozongan Sho’ba ibn Hajjoj rohmatullohi alayh ham yashar edi. Sho’baning dars halqalariga dunyoning turli taraflaridan hadis o’rganish uchun nihoyatda ko’p kishilar kelishardi...- Toshkent islom instituti talabasi Abbosxonov Muhriddin

Mashhur alloma Mahmud al-Qoshg’ariy va uning ijodiy faoliyati

Mahmud al-Qoshg’ariy va uning ijodiy faoliyati haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? Mahmud al-Qoshg‘ariy-turkshunoslik ilmining asoschisi, ulug‘ adabiyotchi, tarixchi geograf va boshqa ko‘p fanlardan yaxshi xabardor bo‘lgan yirik fan arbobi hamda qomusiy olim bo’lgan. Mahmud al-Qoshg‘ariyning to‘liq ismi Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Qoshg‘ariydir. Mahmudning otasi Husayn va onasi Bibi Robiya ham o‘z davrining bilimdon, olijanob, yetuk tarbiya ko‘rgan va xushfe’l insonlardan edi. Mahmudning otasi Husayn ibn Muhammad o‘sha davrdagi Baregan elining amiri bo‘lgan. Uning ijtimoiy kelib chiqishi jihatidan qoraxoniylar sulolasiga mansub...- "Tillar" kafedrasi katta o’qituvchisi Faxriddin Yernazarov

Islomga kirgan Jorj

Xolid ibn Valid - islom tarixidagi buyuk sarkarda, shu bois Sayfulloh (Allohning qilichi) laqabini olganlar. Bu zot Yarmuk jangidagi g'alabaga ham sababchi  bo'lganlar. Mazkur jangda RUM askarlariga qarshi kurashilgan. Rum sarkardasi JORJ Xolid ibn Validni suhbatga chorlaydi va bir nechta savollar beradi...- Toshkent islom instituti talabasi Abdurahim To'raqulov

Yusuf Xos Hojib va uning mashhur “Qutadg‘u bilig” asari

Yusuf Xos Hojib (asl ismi Yusuf bo’lgan, Yusuf Bolasog’uniy 1020/21-yilda tug’ulgan, vafot etgan yili noma’lum) -ulug’ shoir, mutafakkir, davlat arbobi bo’lgan. Yusuf Xos Hojib ”Qutadg‘u bilig” dostoni muallifi bo’lib, uning hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar beruvchi yagona manba ham “Qutadg‘u bilig” asaridir. Ushbu asarga ko‘ra, Yusuf Xos Hojib zamonasining barcha asosiy ilmlarini atroflicha o‘rgangan, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Ulug’ olim Yusuf Xos Hojib mashhur tilshunos olim Mahmud al-Qoshg’ariy kabi turkiy tilning mavqeini oshirish, uning madaniy-adabiy hayotdan o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun kurashgan...- "Tillar" kafedrasi katta o’qituvchisi Ernazarov Fakhriddin
1 9 10 11 12 13 33