Abstract: This article examines the place of Muhammad Abid Sindi’s work “al-Mawahib-ul-latifa” in the science of hadith. In the work, the scholar provided detailed and extensive information about the sciences related to the text of the hadith, the sciences related to the chain of transmission of the hadith, the sciences related to the history of the hadith, and the sciences related to the jurisprudence of the hadith. Sindi’s contribution to the science of hadith in acquiring and imparting knowledge, his other works, the distinguishing features of his scientific activity, the scholar’s mastery of other sciences besides hadith, his perseverance in acquiring knowledge and his patience in the face of hardships, and the fact that this person was an even more mature person, are discussed. Keywords: Muhammad Abid Sindi, “al-Mawahib-ul-latifa”, science of hadith, chain of transmission, mutawatir, narrator, jarh and tadil Muhammad Abid Sindi’s work “Al-Mawahibu-l-Latifah” is certainly one of the important literatures in the study of Islamic hadith and jurisprudence. His lighting style is unique and rich in scientific interpretation. After quoting the hadith narrated by Abu Hanifa (may God have mercy on him), Muhammad Abid Sindi mentions the hadith in the books of the muhaddith in the following order: Imam Bukhari in “Jomeu-s-Sahih”, Imam Muslim in “Sahih”, Imam Malik in “Muwatta”, Abu Dawud, Imam Tirmidhi, Nasa’i, Ibn Majah, Darqutni and Bayhaqis in “Sunan”, Imam Shofei, Ahmad ibn Hanbal, Dorimi, Bazzar, Abu Ya’la Musiliyy in their “Musnad”, Tabarani mentions them in three mojam and others. Then he mentions the differences in the wording of the narrations. Then, he cites other hadiths related to the issue stated in the content of the hadith, explains the chain of transmission and the status of the narrators of the hadith, and states the level of the hadith. Also, he cites the hadiths that are related and witnessed in order for the hadith in the Musnad of Abu Hanifa (may Allah have mercy on him) to be evidence for the fiqh issue. By doing this, he shows that the hadith narrated by Abu Hanifa (may Allah have mercy on him) is not weak. Also, after mentioning the things listed above in his commentary on the hadith, the scholar focuses on the companion who narrated the hadith and briefly presents his translation status. Then, he focuses on each narrator in the chain of transmission of the hadith one by one. Then, he explains the rare (rare) words in the hadith. Then, he moves on to explaining the fiqh issue that can be derived from the hadith. Many scholars have praised this book. For example, Muhammad ibn Yahya Taymiyyah, the author of the book “al-Yani’ al-Janiyyah”, said: “The book “al-Mawahib al-Latifa” is a wonderful book, which is very beneficial for both the jurist and the hadith scholar.” Therefore, the hadith scholar Sheikh Muhammad Rashid al-Nu’maniyyah, who read this work, said: “I read the work “al-Mawahib al-Latifa”. I can say without hesitation that there is no other book like it in terms of hadith commentary after Ibn Hajar’s...
Bugungi kunda ba’zilar o‘zini “dinga yaqin” deb bilsa-da, aslida dinning ruhini emas, faqat tashqi ko‘rinishini muqaddas sanaydi. Bunday kishilar ba’zida mutaassiblikka berilib ketadi. Ammo mutaassiblik — bu dinni tushunish emas, balki uni noto‘g‘ri talqin qilishdir. Mutaassiblik nima? Mutaassiblik — bu kishining o‘z fikri, qarashi yoki mezonini mutlaq haqiqat deb bilishi va boshqalarning fikrini inkor etishidir. Ayniqsa, dinga doir masalalarda bu holat xavflidir. Rasululloh (s.a.v.) mutaassiblikdan ogohlantirganlar. U zot (s.a.v) aytganlar: “Uch narsa halokatga yetaklaydi: xasislik, nafsga ergashish va kishi o‘zini haqli deb o‘ylashi.” (Tabaroniy rivoyati) Mutaassib inson aynan shunday bo‘ladi: o‘zini doim haqli sanaydi, boshqalarga quloq solmaydi. Islom bag‘rikenglik dini Islom har doim o‘rtacha yo‘lni, adolat va hikmatni tanlagan. Rasululloh (s.a.v) hech qachon odamlarni kamsitmagan, rad etmagan, hattoki mushriklar bilan ham muomalada odobli bo‘lgan. Alloh taolo Qur’onda aytadi: “Rabbingning yo‘liga hikmat va chiroyli nasihat bilan da’vat qil…” (Nahl surasi, 125-oyat) Bu hadis bugungi musulmonlarga ham muhim dars: odamlarni o‘zimizdan qochirish emas, dinni mehr bilan yetkazish kerak. Bugungi kunda mutaassiblik qanday ko‘rinishda? – Fikr bildirgan odamni darhol “bid’atchi” deb ayblash – Diniy masalalarda ilmi bo‘lmasa-da, fatvo berish – Boshqacha kiyingan, boshqacha ibodat qilganlarni haqorat qilish Ayniqsa, mutaassiblik bugungi globallashuv davrida yosh avlod uchun juda xavflidir. Yoshlarimiz bugun ilm-fan, texnologiya, san’at, tadbirkorlik va boshqa ko‘plab sohalarda yuksalishga intilayotgan, o‘z o‘rnini topishga harakat qilayotgan bir davrda, ayrim mutaassib guruhlar ularning e’tiborini chalg‘itishga, yo‘lidan burishga urinishmoqda. Ular yolg‘on g‘oyalarni haqiqat deb ko‘rsatib, yoshlar ongini zaharlaydi. Bu esa radikallik, bag‘rikenglikning yo‘qolishi va hatto zo‘ravonlikka olib keladi. Shuning uchun har bir ota-ona, ustoz, imom, va jamoat vakili yoshlarni diniy savod bilan qurollantirishi, mutaassib g‘oyalar oldida himoyasini mustahkamlashi lozim. Yoshlarga chin dindorlik — ilm, sabr, odob, va bag‘rikenglik orqali bo‘lishini tushuntirishimiz kerak. Bu holatlar dinni targ‘ib qilish emas. Islom dini mutaassiblikka xayrxohlik bildirmaydi. Aksincha, teran o‘ylashga, boshqalarga nisbatan murosali bo‘lishga chaqiradi. Islom dini poydevori bag‘rikenglik va yengillik asosiga qurilganini eslashimiz o‘rinlidir. Shu ma’noda, Imom Buxoriy (r.a) Abu Hurayra (r.a)dan rivoyat qilgan hadisi sharifda shunday deyiladi: “Albatta, din yengillikdir. Kim dinda chuqur ketsa, (din) uni yengadi”. Yuqorida aytganimizdek, mutaassiblikning salbiy oqibatlari juda ham ko‘p. Jumladan, o‘zgalarga nisbatan tahqir va malomatlarni yog‘dirish, o‘zganing fikrini eshitmaslik hamda xolislikning yo‘qolishi natijasida haqiqatdan yuz o‘girish, kishilarni dindan bezdirish, musulmonlar orasida kelishmovchilikni chiqarish va bir qancha xatarlari mavjud. Mutaassiblik dinga bo‘lgan muhabbatning belgisi emas. Bu — johillik bilan aralashgan haddan oshishdir. Islom bu yo‘ldan ogohlantiradi va mutaassiblikning har qanday ko‘rinishi, xususan, kishining o‘z fikrida murosasiz bo‘lishini qattiq qoralaydi. Zero, Alloh taolo Kalomi sharifida marhamat qiladi: “Alloh sizlarga yengillikni istaydi, og‘irlikni xohlamaydi” (Baqara, 185). Alloh bizni mo’tadil, bag‘rikeng va odil musulmonlardan qilsin. Har bir harakatimizda ilm, hikmat va odob bo‘lsin 402-guruh talabasi Abdusalomov Hojimurod “Diniy mutaassiblik, mohiyat, maqsadlar va oldini olish yo’llari” kitobi asosida tayyorladi 32
Boshqa hukmlar qatori, taloq masalasida ham Islom dini inson tabiatini e’tiborga olib ish tutadi. Chunki insonni Alloh subhaanahu va taolo yaratgan, unga nima mos kelishini ham Alloh taoloning o‘zi yaxshi biladi. Avvallari, boshqa masalalar qatori, taloq masalasida ham ayollar xorlanar, ularni inson o‘rnida ko‘rmas edilar. Ba’zilar xotinini xohlamay qolsa, boshqaga uylanib, uni qarovsiz qoldirar, na o‘zi xotin qilar va na boshqaga erga tegib ketishiga imkon berar edi. Yoki taloq qilib, iddasi yaqin qolganda yana qaytib, uni o‘yinchoq qilardi. Shu va shunga o‘xshash usullar bilan ayollarni o‘ta ayanchli hollarga solar edilar. Islom bunday xorliklarga chek qo‘ydi. Er kishiga faqat uch taloqning haqqini berdi va ayolni qiynamaslikka buyurdi. Ayni chog‘da ayolga “xulu’” haqqini ham berdi. Ya’ni ayol kishi eri bilan yashashni xohlamasa, qoziga arz qilib, ajrashib ketishiga imkon yaratdi. Hozirda ba’zi erlar o‘zlari va oilalariga baxtsizlik va mushkulot yo‘lini tutib, shariat hukmlariga xilof tarzda “taloq” so‘zini ko‘p va bo‘rttirib qo‘llash holatlari avj olmoqda. Aslida bu – ulkan ma’siyat va haddan oshishdir. Mahmud ibn Labid raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi shariflarda shunday deyilgan: «أُخْبِرَ رَسُولُ اَللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَنْ رَجُلٍ طَلَّقَ اِمْرَأَتَهُ ثَلَاثَ تَطْلِيقَاتٍ جَمِيعًا، فَقَامَ غَضْبَانَ ثُمَّ قَالَ: «أَيُلْعَبُ بِكِتَابِ اَللَّهِ تَعَالَى، وَأَنَا بَيْنَ أَظْهُرِكُمْ» حَتَّى قَامَ رَجُلٌ، فَقَالَ: «يَا رَسُولَ اللَّهِ أَلَا أَقْتُلُهُ» (رَوَاهُ الإمَامُ النَّسَائِيُّ عَنْ مَحْمُودِ بْنِ لَبِيدٍ رضي الله عنه) ya’ni: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga xotinini uchta taloqni jamlab taloq qilgan kishi haqida xabar berildi. U Zot g‘azabnok holda o‘rnilaridan turib: “Men oldilaringizda bo‘lsam-u, Alloh taoloning Kitobi bilan o‘ynashiladimi?!”, – dedilar. U Zotning qattiq g‘azablanganlaridan hatto bir kishi o‘rnidan turib: “Yo Rasululloh, uni o‘ldiraymi?” – deb yubordi” (Imom Nasaiy rivoyatlari).Taloqni ermak qilish, bo‘lar-bo‘lmas sabablar bilan ayolni taloq qilaverish juda katta kulfatlarga, oilaviy baxtsizliklarga sabab bo‘lishini unutmasligimiz zarur. Shariatda taloqqa ruxsat berilganiga sabablar ko‘p. Shulardan ikkitasini zikr qilib o‘taylik : 1.Faraz qilaylik, bir kishining xotini tug‘maslik kasaliga mubtalo bo‘lgan. U kishi o‘zgalarga o‘xshab, ortidan zurriyod qoldirishni xohlaydi. Ikki xotinni ushlab turishga esa imkoni yo‘q. Shunda avvalgi xotinini taloq qilib, farzand ko‘rishga layoqati bor ayolga uylanishi mumkin 2.Er-xotinning fe’l-atvorlari bir-birlariga to‘g‘ri kelmay qolib, o‘zaro nafratlari kuchayib, birga yashashning sira iloji qolmaganida taloq yordamga keladi va ikkovlarini bir-biridan qutqaradi. Taloqni Islomga ayb qilib taqaydigan G‘arb davlatlarining ko‘pchiligida hozirda o‘z dinlarining ahkomlariga qarshi chiqib, taloqqa ruxsat berilgan. Ba’zilar er kishining bir og‘iz so‘zi bilan taloq tushishini juda ham yengil hukm, hayotga jiddiy qaramaslik, deb tushunadilar. Aslini olganda, bunday xavotirga asos yo‘q. Islom hayotga nihoyatda jiddiy qaraydi. Kattami-kichikmi, har bir inson o‘z so‘ziga javobgardir. Islomda har qanday so‘zning salmog‘i kattadir. Inson bir so‘z bilan mo‘min bo‘lib, bir so‘z bilan iymondan chiqadi, aqdi nikoh paytida kelin-kuyov bir og‘iz so‘z bilan er-xotin bo‘ladilar. Ular iyjob va qabulda aytiladigan “roziman” va “qabul qildim” so‘zlari bilan bir-birlariga halol bo‘ladilar. Shuningdek, birgina “taloq” so‘zi bilan aksincha bo‘lishi ham bor. Demak, hayotga jiddiyat bilan qarash har bir musulmonning burchidir. Jumladan, taloq masalasida ehtiyot bo‘lish ham har bir musulmon erkakning vazifasidir. Bo‘lar-bo‘lmas sabablarga ko‘ra ayolini taloq qilaverish musulmon shaxsga ravo emas. Taloqni muboh qiluvchi sabablar va muboh tushunchasi Lug‘aviy jihatdan “مُبَاحٌ” — ochiq, ruxsat berilgan, man qilinmagan...