islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
hadis

Tag

NABIY SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMGA SALOVAT AYTISHNING VOJIBLIGI

Ibn Sa’d Tilmisoniy o‘zlarining "Mafoxiru ahli mufaxxor" kitoblarida bunday deydilar: "Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishni tark qiluvchi, Ramazon haqini va ota-onaga yaxshilik qilishni tark qiluvchi insonlarni uqubat borasida birlashtirib turgan ma’no nima?", deyilsa, javob quyidagicha bo‘ladi: uqubatning bir xil ekanligi gunoh mohiyatining bir ekanligidan kelib chiqadi. Chunki yuqorida zikr qilingan uch holatda ham tark qilinayotgan narsa bitta u Alloh taborak va taoloni ulug‘lashdir. Buning bayoni shuki... Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishga kelsak, u Allohdan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ulug‘lanishini va darajalari yuksaltirilishini so‘rashdir. Bu ham aslida Alloh taborak va taoloni ulug‘lashdir. Qur’oni karimda bunday marhamat qilinadi: Batafsil... TII katta o‘qituvchisi Nilufar SAIDAKBAROVA, 203-guruh talabasi  Yoqutxon TOJIYEVA.

Sahihul Buxoriyning ilm kitobidan bir hadis sharhi

عَنْ إِسْمَاعِيلَ قَالَ: حَدَّثَنِي مَالِكٌ عَنْ إِسْحَاقَ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي طَلْحَةَ أَنَّ أَبَا مُرَّةَ مَوْلَى عُقَيْلِ بْنِ أَبِي طَالِبٍ أَخْبَرَهُ عَنْ أَبِي وَاقِدٍ اللَّيْثِيِّ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَيْنَمَا هُوَ جَالِسٌ فِي المَسْجِدِ وَالنَّاسُ مَعَهُ إِذْ أَقْبَلَ ثَلَاثَةُ نَفَرٍ فَأَقْبَلَ اثْنَانِ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَذَهَبَ وَاحِدٌ قَالَ: فَوَقَفَا عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَمَّا أَحَدُهُمَا فَرَأَى فُرْجَةً فِي الحَلْقَةِ فَجَلَسَ فِيهَا، وَأَمَّا الآخَرُ فَجَلَسَ خَلْفَهُمْ، وَأَمَّا الثَّالِثُ فَأَدْبَرَ ذَاهِبًا، فَلَمَّا فَرَغَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «أَلَا أُخْبِرُكُمْ عَنِ النَّفَرِ الثَّلَاثَةِ؟ أَمَّا أَحَدُهُمْ فَآوَى إِلَى اللَّهِ فَآوَاهُ اللَّهُ، وَأَمَّا الآخَرُ فَاسْتَحْيَا فَاسْتَحْيَا اللَّهُ مِنْهُ، وَأَمَّا الآخَرُ فَأَعْرَضَ فَأَعْرَضَ اللَّهُ عَنْهُ».  Abu Voqid al-Laysiydan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjidda o‘tirgan edilar, odamlar u zot bilan birga edilar. Shu payt uch kishi keldi. Ularning ikkitasi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yaqinlashdi, biri esa ketdi. U ikkitasi Rasululloh huzuriga kelib to‘xtashdi. Ulardan biri halqada bo‘sh joyni ko‘rib, o‘sha joyga o‘tirdi. Ikkinchisi orqaroqqa o‘tirdi. Uchinchisi esa yuz o‘girib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ishlarini tugatgach, dedilar: “Sizlarga bu uch kishi haqida xabar berayinmi? Ulardan biri Allohning huzuriga intildi – Alloh uni panohiga oldi. Ikkinchisi uyaldi – Alloh undan hayo qildi. Uchinchisi yuz o‘girdi – Alloh undan yuz o‘girdi.” Islomda ilm majlislari Allohning eng sevimli bandalaridan bo‘lish yo‘lida muhim manba hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ilmlarni faqat bilim emas, balki Allohga yaqinlik manbai sifatida o‘rgatganlar. Yuqoridagi hadis bu haqiqatning yorqin namunasi hisoblanadi. Hadis voqeiy tarzda uchta kishining masjidga kirib kelishi bilan bog‘liq. Bu voqea orqali quyidagi ijtimoiy-axloqiy saboqlar olinadi: Ilmiy majlisda faol qatnashish savobdir. Halqaga kirib o‘tirgan kishi Allohning panohiga erishdi. Bu ilm majlisiga intilishning fazilatini ko‘rsatadi. Hayo – Allohga yaqinlik belgisi. Orqaroq o‘tirgan kishi uyalgani sababli Alloh undan hayo qildi. Hayo musulmonlikning ajralmas jihatidir. Ilmdan yuz o‘girish – ilohiy rad etilish sababidir. Hadisda yuz o‘girgan kishidan Alloh ham yuz o‘girgani ta’kidlanadi. Bu ilmiy muhitdan chetlashishning jiddiy oqibatlarini bildiradi. Ilm halqasiga yaqin o‘tirish mustahabdir. Ko‘pchilik fuqaho bu hadisdan ilmiy halqaga yaqinlashish mustahab ekani haqida istinbot qilganlar. Uyat hissi shariatda fazilat sanaladi. Hattoki orqada o‘tirish ham hayo niyatida bo‘lsa, bu maqbul bo‘lishi mumkin. Ilmdan nafratlanish, ishtirokni rad etish ma’naviy halokatga olib keladi. Bu hadis orqali Rasululloh sollallohu alayhi va sallam musulmonlarning ilm majlisidagi odobini, Allohga yaqinlashish vositalarini, va ijtimoiy muomala shakllarini o‘rgatganlar. Har bir musulmon bu uch kishining qaysi biri bo‘lishni tanlashi kerak: ilmga intilgan, hayo bilan ishtirok etgan, yoki yuz o‘girgan… Korabayev Nurpeys 401-guruh talabasi 847

Mulla Aliy Qorining “Jam’ul-Vasoil Sharhu-Shamoil” asarining bugungi kundagi ahamiyati

Mulla Aliy Qorining “Jam’ul-Vasoil Sharhu-Shamoil” asari — Payg‘ambar alayhissalomning axloqi, xulqi va tashqi ko‘rinishini yorituvchi ulkan ilmiy asar bo‘lib, bugungi kunda ham o‘zining muhimligini saqlab kelmoqda... - TII talabasi Ismoilov Muxriddin

“Al-Jomi’ as- Sahih” ning yozilishiga turtki bo’lgan omillar

Imom al-Buxoriy hadis talabida o’zga yurtlarga rihlat qilgan dastlabki vaqtlaridayoq sahih hadislarni to’plab bir kitob qilmoq orzusida bo’lganlar.