Imom Buxoriyning shayxlaridan (ustozlaridan) biri Muhammad Ibn Salom Poykandiydir. Imom Buxoriy Sahihul Buxoriyning turli boblarida Muhammad Ibn Salom Poykandiydan 36 ta hadis rivoyat qilgan. Quyida Poykandiyni roviylik jihatidan tanib olsak...- Toshkent islom instituti talabasi AbdurRohman Mansur
Ushbu maqola Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bizlarni o’rganishga buyurgan, bu ilm ko’tarilishi qiyomatning alomatlaridan ekanini ta’kidlab aytgan va hozirgi kunda banda bilan banda o’rtasidagi nozik haq bo’lib, lekin musulmonlar o’rtasida bunga e’tibor ancha sust bo’lgan meros ilmining ahamiyati haqida. Alloh taolo muborak Kalomida bizni shunday ogohlantiradi: وَلَا تَأْكُلُوٓا۟ أَمْوَٰلَكُم بَيْنَكُم بِٱلْبَٰطِل “Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo’l bilan yemang...- Toshkent islom instituti talabasi Muhammadodilova I
Muhammad ibn Abdulloh ibn Molik at-Toiy Andalusiy rohmatullohi alayh, 1204 (600-hijriy)-yilda Andalusning Jayyon shahrida dunyoga kelgan, Ibn Molik kunyasi bilan mashhurdir. Ushbu zot Arab tili grammatikasi tarixida ajralib turadigan ulug' allomalardan. Ibn Molik avvalgi ilmini Qur'on yodlashdan boshlagan, so'ngra qiroat ilmlari, diniy ilmlar, nahv va lug'at ilmlarini o'rgangan. Ma'lumotlarda kelishicha birinchi bo'lib arab tilini 628-hijriy yillarda bir qancha muddat o'z shahridagi olim Sobit ibn Xayor al-Kiloiy al-Muqridan o'rgangan. Ibn Molik yashab turgan vaqtlarda Andalusda tinchlik barqaror emas edi. Shu sababli u zot Mashriqga safar qilgan. Ehtimol rihlatning sababi ham ilm olish va hajni ado qilish uchun bo'lgan...- Toshkent islom instituti talabasi Imron Xolmirzayev
SAVOL: "Nega ixtilofli masalalarni ko’tarayapsizlar xalq orasida, bundan boshqa masalalar ham bor ediku, bundan insonlar fitnalanib, oralarida bo’linish, ajralishlar bo’lib qolayapti?" degan bazi iddaolar ham bo’lib turmoqda. Bunda quydagicha javob beramiz...- Toshkent islom instituti talabasi Xojiyev Muhammadamin
Musʼab ibn Umayr roziyallohu anhu Makkadagi eng obro‘li, boy oilalardan birida dunyoga keldilar. U kishining onalari Xunnos binti Molik o‘zining shaddodligi, uddaburonligi va aytgan gapidan qaytmasligi bilan nom chiqargan ayol edi. Musʼab ibn Umayr roziyallohu anhuning ota-onasi uni kichikligidan noz-neʼmatga burkab o‘stirdilar. Hech qanday majlislardan qolmaydigan Musʼab ibn Umayr musulmonlar majlisi xaqida eshitib qoldilar. U yerga bordilar. U kun Muʼsabning kunlari edi yaʼni musulmon bo‘lgan kunlari. Onalari Makkaning boy ayollaridan edi. O‘g‘lining islomini eshitgach dunyo ko’ziga qorong’u bo’ldi va o’g’lini jazolab qamab qoydi...- Toshkent islom instituti talabasi Yashnarova Maftunaxon