islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Muxtalaful hadis tushunchasi

Muxtalaful hadis hadis tushunchasiga kirishar ekanmiz, bilishimiz kerakki, bu mavzu alohida bir ilm sifatida o’rganiladi. Muxtalaful hadis ilmi shariatning eng muhim ilmlaridan biri. Chunki, shu ilmni o’rganish bilan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislarini to’g’ri tushinish va hadislardan shar’iy hukmlarni chiqarib olish mumkin bo’ladi. Mustalahul hadis borasida kitob tasnif qilgan ulamolar ham bu nuqtaga ahamiyat qaratganlar. Mavzuga kirishar ekanmiz, avallo, muxtalaful hadisning ta’rifiga to’xtalamiz. Bu borada ulamolar turli ta’riflarni keltirganlar:

Muxtalaful hadis – bu zohiran ma’noda bir-biriga zid ikki hadis kelib, ularni orasi jamlanadi yoki biri tarjih qilinadi.  Bu imom Navaviyning ta’rifi. Zamonamiz ulamolaridan Doktor Mahmud Tahhon quyidagi ta’rifni keltirgan: “Muxtalaful hadis-bu o’zaro orasini jamlash imkoni bo’lib, zohiran ma’noda bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan maqbul hadis.”  Ya’ni, muxtalaful hadis sahih va hasan hadislar bo’lib, martaba va quvvatda o’ziga kabi boshqa bir hadis keladi va unga ma’noda qarama-qarshi bo’ladi. Lekin ularning orasini jamlash imkoni bo’ladi. Maqbul hadis deyilgani sababi, zaif hadislar bu mavzu ostiga kirmaydi.
Ulamolarning ta’riflari mazmunan bir-biridan farq qilmayapti, balki, ularning barchasi, zohiran bir-biriga qarama-qarshiligi bor hadislarni o’z ichiga olmoqda.

Ta’riflarni e’tibor qiladigan bo’lsak, zohiran ma’noda qarama-qarshi kelishi e’tibor qaratilyapti. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam so’zlarida haqiqatda qarama-qarshilik bo’lishi mumkin emas. Haqiqatda ham, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida also bir-brirga qarama-qarshilik yo’q. Balki, zohirida qarama-qarshilik borga o’xshaydi. Biroq, ularni orasini jamlah imkoni bor. Chunki, ixtiloflar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonidan so’ng paydo bo’lgan. U zot sollallohu alayhi vasallam hayotlilklarida sahobalar U zotga murojat qilardilar. Bu borada ulamolarimizdan ham go’zal naqllar bor. Ibn Xuzayma rohimahulloh aytadi: “Men bir-biriga qarama-qarshi ikki hadisni bilmayman. Kimda shunday hadis bo’lsa kelsin, ikki hadis orasini bog’lab beraman”.
Imom Shofeiy rohimahullohdan ham shu ma’noda naql bor. Imom Shofeiy aytadi:“Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamda ixtilofli biror narsa topmaymiz, agar U zot hadislarini o’rgansak, hadislar ixtilofli emasligi keltiradigan sabablarni topamiz. U zotdan ikki o’zaro ixtilofli hadis topsak, albatta,u ikki hadisni ixtilofdan chiqish yo’li bo’ladi yoki ikkisidan birida ixtilofdan chiqishga dalolat bo’ladi. Bu Qur’onga, boshqa hadislarga yoki ba’zi dalillarga muvofiq bo’lishi bilan bo’ladi.

Yuqoridagilardan ma’lum bo’ldiki, hadis muxtalaf bo’lishi uchun quyidagi shartlar bo’lishi kerak:

Birinchi shart: hadis maqbul hadislar turkumidan bo’lishi lozim. Mardud hadislar muxtalaful hadis mavzusi ostiga kirmaydi.

Ikkinchi shart: zohiran ma’noda unga qarama-qarshi bo’lgan boshqa bir hadis vorid bo’lishi kerak. Avvali boshiga yoki aksi,oxiri avvaliga qarshi bo’lib qolgan asarlar va xabarlar muxtalaful hadis bobiga kirmaydi. Bular mushkilul hadis mavzusida o’rganiladi. Quyida bular orasidagi farqni bayon qilamiz.

Uchinchi shart: qarama-qarshi bo’lib kelayotgan hadis hujjat bo’lishga yaroqli bo’lsin. Agar qarama-qarshi kelayotgan hadis zaif bo’ladigan bo’lsa, u quvvatli hadisga ta’sir ko’rsata olmaydi. Agar zaif hadisga boshqa qo’llab quvvatlaydigan hadislar topilsa,u holda oralarida qarama- qarshilik yuzaga kelishi mumkin.

To’rtinchi shart: bir-biriga qarama-qarshi bo’lib kelayotga ikki hadisni orasini jamlash imkoni bo’lsin.

Toshkent islom instituti talabasi

Habibulloh Olimjonov

398401cookie-checkMuxtalaful hadis tushunchasi

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: