Muqaddas dinimizning asosiy manbasi bu – Qur’on va hadis hisoblanadi. Islom dini kelib, yer yuzida tarqalibdiki, butun islom diyorlarida Qur’on o‘rganishga e’tibor qaratilgan. Har qanday ilmning, har qanday sohaning boshlanishi Qur’on bo‘lgan. Ya’ni, kishi qaysi kasbni, hunarni o‘zlashtirmasin, dastlab Qur’on yodlar, uning mazmun-mohiyatini anglar edi. Shu sababli ham, islom dini tarqalgan diyorlar shu davrgacha modomiki dinlariga amal qilib kelgan ekanlar, eng kuchli va rivojlangan yurtlar hisoblangan…- Toshkent islom instituti talabasi Sultonova Bibixadicha





