Siz adib, shoir, olim va shoh Zahiriddin Muhammad Bobur haqida nimalarni bilasiz?
Ulugʻ alloma Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda, Fargʻona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar, togʻa-jiyanlar, amakivachchalar oʻrtasida hokimiyat – ulugʻ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi.
U keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan… – “Tillar” kafedrasi katta oʻqituvchisi Yernazarov Faxriddin tomonidan ushbu maʼlumot tayyorlandi





