Bugungi raqamli asrda ta’lim sohasida yuz berayotgan islohotlar har qachongidan ko‘ra dolzarb tus olmoqda. Internet texnologiyalari, sun’iy intellekt va axborot-kommunikatsiya vositalarining jadal rivojlanishi bilan ta’limning an’anaviy shakllari o‘zgarib bormoqda. Ayniqsa, 2020-yilda butun dunyoni qamrab olgan COVID-19 pandemiyasi ta’lim tizimiga kuchli turtki berdi: an’anaviy sinf xonalarida o‘qitishdan masofaviy va onlayn ta’lim shakllariga tezkor o‘tish talab qilindi. […]





