Boshqa hukmlar qatori, taloq masalasida ham Islom dini inson tabiatini e’tiborga olib ish tutadi. Chunki insonni Alloh subhaanahu va taolo yaratgan, unga nima mos kelishini ham Alloh taoloning o‘zi yaxshi biladi. Avvallari, boshqa masalalar qatori, taloq masalasida ham ayollar xorlanar, ularni inson o‘rnida ko‘rmas edilar. Ba’zilar xotinini xohlamay qolsa, boshqaga uylanib, uni qarovsiz qoldirar, na […]





