“Ражаб шамолга, Шаъбон булутга, Рамазон ёмғирга ўхшайди. Ражаб ойида ғаллани ўз вақтида экиб, Шаъбон ойида суғормасангиз, Рамазон ойидан қандай ҳосил кутиш мумкин?”- Ибн Ражаб, “Латоифул маориф”. Ҳозир Рамазон ойида турибмиз, асарларда келишича, тарихда уламолар Рамазонга бир неча ой олдиндан тайёргарлик кўриш лозимлигини таъкидлайдилар. Шунда бу ойда тоат-ибодат қилиш енгиллашади, савобли амалларни кўпроқ бажарилади...- ТИИ Ҳадис ва ислом тарихи фанлари кафедраси катта ўқитувчиси Пўлатхон Каттаев
Уламолар ойни кузатишгач, ҳилол кўринганлиги сабабли юртимизда ва дунё давлатларида рўзанинг биринчи куни 11 март, душанба бўлиши эълон қилинди. Саудия Арабистони Подшоҳлиги, Миср Араб Республикаси, Бирлашган Араб Амирликлари, Қувайт, Қатар, Баҳрайн, Фаластин, Сурия, Ливан, Туркия, Қозоғистон, Қирғизистон, Тожикистон, Туркманистон, Озарбайжон, Индонезия, Бруней каби давлатлар 10 март кунидан таровеҳ намозини бошлаб, 11 март, душанба кунини Рамазон ойининг биринчи куни, деб эълон қилди...- ТИИ Ҳадис ва ислом тарихи фанлари кафедраси катта ўқитувчиси Пўлатхон Каттаев
Olamlar Parvardigori Alloh Taolo barcha narsani yaratishdan oldin Rasulimiz sollallohu alayhi vasallamning nurlarini yaratdi, hamda nurni otamiz Odam alayhissalom peshonalariga joyladi. Bu nur Odam alayhissalomdan keyingi Payg‘ambarlarga o‘tib keldi va alal-oqibat olamlarni yoritguvchi nur - Nabiyimiz buzrukvorlari Abdulloh ibn Abdumutallibning peshonalariga ko‘chdi. U zotning peshonalaridagi nur qalb ko‘zi ochiqlargagina ko‘ringan. Nabiyimiz otalari Abdullohning onalari Ominaga nikohlari barokatidan olamlarga rahmat bo‘lgan Rasulimiz tavallud topdilar. Bu kun Fil yilida, Rabiul avval oyining o‘n ikkinchisi Dushanba kuni edi. Rabiul avval oyi suyukli Nabiyimiz tavallud topgan kun bo‘lgani bois o‘zgacha shukuhda o‘tkaziladi...- Toshkent islom instituti talabasi Ismatullayeva Odina
Uchinchi ming yillikning boshlanishi muhim ikki tamoyil bilan xarakterlanadi. Birinchidan, hozirgi sivilizatsiya global ekologik muammolar (iqlim o‘zgarishi, ozon qatlami yemirilishi, ichimlik suvi ifloslanishi va yetishmasligi, o‘rmon va tuproq inqirozi, bioxilma-xillik qisqarishi, ortiqcha hajmdagi chiqindilar hosil bo‘lishi hamda ularni zararsizlantirish muammolari va boshqalar) bilan to‘qnash keldi. Ikkinchidan, dunyo jadal sur’atlarda o‘zgarib bormoqda. Shuning uchun kechagi mezonlar bilan ertangi istiqbolni belgilash u yoqda tursin, hatto bugungi hodisalarni ham baholab bo‘lmaydi...- “Tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Faxriddin Yernazarov