islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Динимиз аҳкомлари

Бўлимлар

Hanafiy mazhabiga ko‘ra Ijara shartnomasi

Islom shariatida mulkni boshqalarga vaqtincha foydalanishga berish — ijara (اِجَارَة) deb ataladi. Bu muomala turi Qur’on va Sunnat bilan mustahkamlangan bo‘lib, fiqhiy mazhablarda, xususan hanafiy mazhabda keng o‘rganilgan. Zamonaviy iqtisodiy munosabatlarda ham ijara institutining o‘rni muhim bo‘lib, u islomiy moliya tizimining asosiy instrumentlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada ijara shartnomasining hanafiy mazhabdagi asoslari, shartlari, turlari va zamonaviy qo‘llanilishi yoritiladi. Ijara tushunchasi: fiqhiy ta’rifi Hanafiy fiqhiga ko‘ra, ijara — bu ma’lum bir foyda yoki xizmatni ma’lum haq evaziga vaqtincha berish shartnomasidir. Ijara faqat mulkning o‘zi emas, balki undan olinadigan foyda (manfaat) ustida tuziladi. Imom Abu Hanifa rohimahullohning ta’rificha: «Ijara — bu foydani haq evaziga sotishdir.» Bu yerda “foyda” deganda, masalan, uyda yashash, transport vositasida yurish, yerda dehqonchilik qilish yoki bir kishining mehnati orqali xizmat ko‘rsatish nazarda tutiladi. Ijara shartnomasining asosiy shartlari (arkonlari) Hanafiy fuqaholari ijara amalga oshishi uchun quyidagi uch asosiy rukn mavjud bo‘lishini shart qilib qo‘yadilar: 1. Ijara tomonlari — ijara beruvchi va ijaraga oluvchi. Ikkalasi ham aqli sog‘, balog‘atga yetgan, muomala qilish huquqiga ega bo‘lishi kerak. 2. Ijara obyekti (manfaat) — foyda aniq, halol va shariatga zid bo‘lmagan bo‘lishi lozim. 3. Ijaraga to‘lanadigan haq (ujra) — to‘lov miqdori, muddati va usuli aniqlangan bo‘lishi kerak. Ijara turlari hanafiy fiqhida Hanafiy mazhabida ijara ikki asosiy turga bo‘linadi: 1. Ayn ijara (bino, yer, asbob-uskuna ijarasi): moddiy narsa ijaraga beriladi, lekin maqsad undan foyda olish. 2. Amal ijara (xizmat ijarasi): insonning mehnati yoki malakasi ijaraga olinadi. Mehnat ijarasi shar’an joiz, lekin xizmat to‘liq aniqlangan bo‘lishi kerak: vazifasi, muddati, joyi va haq miqdori. Ijara va ribo o‘rtasidagi tafovut Islomda ribo harom qilingan bo‘lsa-da, ijara halol sanaladi. Sababi: – Ijarada haq — foyda uchun to‘lanadi, kapital ustidan emas. – Ijarada risk, mas’uliyat va mulkchilik shartnomani tuzgan tomonlar orasida adolatli taqsimlanadi. – Foyda to‘liq manfaatga qarab baholanadi, kapital ustiga belgilangan ortiqcha foyda olinmaydi. Shuning uchun hanafiy fuqaholari ijara orqali foydalanishni halol ko‘radi, lekin shartlar noaniq bo‘lsa, u haromga aylanadi. Zamonaviy ijaraning shariatdagi o‘rni Bugungi kunda ijara asosida quyidagi islomiy moliya mahsulotlari shakllangan: – Ijara muntahiya bittamlik – muddati tugagach mulk mijozga o‘tadi. – Ijara va iqtina – to‘lovlar tugagach, mijoz mulkni xarid qilib oladi. – Operatsion ijara – oddiy ijara; mulk egaligi mulkdorda qoladi. Bu usullar Hanafiy fiqhida mavjud bo‘lgan asosiy qoidalar asosida shakllangan. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, ijara — islom iqtisodiy muomalalarining muhim institutlaridan biri bo‘lib, hanafiy mazhabida uning asoslari puxta yoritilgan. Bugungi kundagi ijara asosidagi moliyaviy vositalar (masalan, islomiy lizing) ham aynan fiqhiy ijara tushunchasiga tayangan. Shariatga muvofiq ijaraviy bitimlar tuzishda hanafiy fuqaholarining asarlariga tayanish nihoyatda muhimdir. Toshkent islom instituti 402-guruh talabasi Solijonov Abdulqahhor 1 081

Энг савобли амал

Касалнинг кўнглини кўтариш суннат амалдир. Сиз беморга таскин ва тасалли беришда давом этинг. Албатта соғайиб кетиши ва Аллоҳ хоҳласа ҳали кўп яшаши ҳақида гапириб кўнглини кўтаринг. Расули акрам алайҳиссалом шундай марҳамат қилганлар: إذا دَخَلْتُمْ عَلَى الْمَرِيض فَنَفِّسُوا لَهُ فِي أَجَلِه فَإِنَّ ذَلِكَ لايَرُدُّ شَيْئًا وَيُطَيِّب نَفْسَهُ “Бемор ҳузурига кирганингизда унинг ажали ҳақида тасалли беринг. Бу албатта қазони қайтармайди, лекин унинг кўнглини хуш қилади” (Имом Термизий ривояти). Ушбу ҳадисдаги “Унинг ажали ҳақида тасалли беринг” дегани беморга умри иншоаллоҳ узун бўлиши, ҳали кўп яшаши ва бу дарддан албатта фориғ бўлиб, тузалиб кетиши ҳақида таъкидлаб, кўнглини кўтаринг, деган маъноларни англатади. Шунингдек, беморга кўрган заҳматлари гуноҳлари учун каффорат бўлишини ҳам эслатиш марғуб амал саналади. Имом Бухорий ривоят қилишларича, Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам бемор зиёрат қилсалар: “لابأس، طهور إن شاءالله” “Лаа баъс, тоҳур иншоаллоҳ”, яъни “Зарари йўқ (тузалиб кетасиз), иншоаллоҳ, бу касаллик туфайли гуноҳларингиз ювилади”,– деб айтардилар. Шу билан бирга, бемор дўстингиз Аллоҳ таолодан яхши гумонда бўлишига, ундан тузалиб кетишини сўраб дуо қилиши кераклигини айтинг. Аллоҳ таоло бандасига берган ҳар қандай касаллик ёки мусибат беҳикмат бўлмаслиги, агар сабр қилса, банда жуда катта ажрларга эга бўлишини айтиб, унинг имонини мустаҳкамланг. Бу борада қуйидаги ҳадиси шарифни ҳам эслатиб ўтиш фойдадан холий эмас: عَنْ جَابِرٍ رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: يَوَدُّ أَهْلُ الْعَافِيَةِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حِينَ يُعْطَى أَهْلُ الْبَلَاءِ الثَّوَابَ لَوْ أَنَّ جُلُودَهُمْ كَانَتْ قُرِضَتْ فِي الدُّنْيَا بِالْمَقَارِيضِ. رَوَى التِّرْمِذِيُّ هَذِهِ السَّبْعَةَ. Жобир розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: “Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Қиёмат куни мусибат аҳлига савоб берилган пайтда офият аҳли дунёда терилари қайчи билан қийилган бўлишини орзу қиладилар”, дедилар (Имом Термизий ривоятлари). Энг афсусланарли ҳолат ҳақли кишиларга эътиборсиз бўлинади.  Имом Аҳмад роҳимаҳуллоҳ ўзининг «Муснад»ида саҳобий Абдуллоҳ ибн Азҳар розияллоҳу анҳудан ҳадис келтиради:  «Ҳунайн жангида Холид ибн Валид розияллоҳу анҳу жароҳатланди. Аллоҳ таоло кофирларни мағлуб қилганидан сўнг Набий саллоллоҳу алайҳи ва саллам мусулмон аскарлари ичида юриб Холид розияллоҳу анҳуни қидирдилар: – Холидни ким кўрди? Менга Холид ётган жойни кўрсатинглар!  Биз Набий саллоллоҳу алайҳи ва салламга Холид ётган жойни кўрсатдик. У зот Холиднинг олдига бориб унинг жароҳатига ўзлари қарадилар!».  Катталигингиздан сал пастроқ тушинг. Камтарроқ бўлаверинг. Бирор ишчингиз бемор бўлса уни бориб кўринг. Бу ишингиз билан унинг қалбига эга бўласиз.  Бир мискин яқинини йўқотса унга ҳамдард бўлинг. Бу билан унинг кўнглини оласиз.  Бирор ишчингиз кўринмай қолса уни суриштиринг. Бундан у саодат туяди.  Тўғри, биз инсонлар учун эмас, Аллоҳ учун амал қиламиз. Аммо ўша Аллоҳ кўнгил олишни Ўзининг шариатида ибодат даражасига кўтарган! Беморни зиёрат қилиш мусулмоннинг мусулмон биродари зиммасидаги ҳақларидан биридир. Беморни зиёрат қилмоқчи бўлган киши қуйидаги одоблар билан одобланиши лозим бўлади. -Эзгу ният қилиш; -Бемор зиёратини ортга сурмаслик; -Ёш бола бемор бўлса ҳам кўргани бориш; -Ғайридин беморни ҳам кўргани бориш жоиз; -Ҳушсиз бўлган беморни кўргани бориш; -Енгил дард билан оғриган беморни ҳам кўргани бориш; -Бемор зиёратига пиёда бориш. Зеро, унинг савоби кўпроқдир. -Беморга ноқулайлик туғдирмайдиган вақтда бориш; -Беморнинг яқинларидан беморнинг соғлиғи ҳақида сўраб туриш; -Беморнинг бош тарафида ўтириш; -Бемордан аҳволи қандайлигини сўраш; -Беморга касалликнинг савоблари ҳақида хушхабар бериш; -Беморга тақдирга рози бўлиш ва сабрли бўлиш лозимлигини эслатиш; -Беморни ғазабланишдан ва касалликни сўкишдан қайтариш; -Беморнинг аъзоларига қўлни...

ISLOM SHARIATIDA MAHRNING HIKMATLARI

Islom dini har bir insonning sha’ni, qadr-qimmati, mol-mulki va oilaviy hayotini muhofaza qilishga katta e’tibor beradi. Bu jihatlar, ayniqsa, nikoh muqaddasligi va undagi mas’uliyatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Nikohning ajralmas qismi bo‘lgan mahr – er tomonidan xotiniga to‘lanadigan moddiy ne’mat sifatida Islomda muhim o‘rin tutadi. Mahr faqatgina moddiy ta’minot emas, balki bu orqali ayolning sha’ni, hurmati, mustaqilligi va er-xotin o‘rtasidagi mas’uliyat mezonlari belgilanadi. Ushbu maqolada mahrning shariatdagi huquqiy asoslari, ijtimoiy-ma’naviy hikmatlari va uning zamonaviy ahamiyati tahlil qilinadi. Mahrning ta’rifi va huquqiy asoslari Mahr (arabcha: صداق yoki مهر) – bu er tomonidan ayolga nikoh vaqtida yoki undan keyin beriladigan mol-mulk. U Qur’on va Sunnat bilan farz qilingan bo‘lib, bu borada Qur’oni karimda quyidagicha aytiladi: “Ayollarga mahrlarini ko‘ngildan chiqarib bering”. (An-Niso surasi, 4-oyat) Shuningdek, Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallam ham mahr berishni qat’iy amaliyot sifatida targ‘ib qilganlar. Sahih hadisda: “Sizlardan kim ayol kishi bilan nikohlansa, unga mahr bering”. (Ibn Moja, Nikoh kitobi) Fuquholar ittifoqiga ko‘ra, mahr – ayolning haqi hisoblanadi va uni majburan olishga haqlidir. Mahr nikohning shartlaridan bo‘lmasa-da, u nikoh oqibatida farz bo‘ladi. Mahrning turlari Islom huquqshunosligida mahr ikki xil bo‘ladi: Mahr al-musamma (nomi belgilangan mahr): Nikohda oldindan miqdori va turi kelishilgan mahr. Mahr al-misl (o‘xshash mahr): Nikohda mahr belgilanmagan bo‘lsa, ayolning ijtimoiy maqomiga, qarindoshlarining mahrlariga qarab belgilanadigan mahr. Mahrning to‘liq yoki qisman to‘lanish vaqti ham ahamiyatli: Mu’ajjal (darhol beriladigan) mahr Muajjal (kechiktirilgan) mahr Bu tafovutlar ayolning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash va er-xotin o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi. Mahrning hikmatlari va uning ijtimoiy ahamiyati Mahr—bu nikoh tuzilayotganda kelin tomonidan talab qilinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a yoki pul mablag‘idir. Islomda mahr kelinning huquqi bo‘lib, uni bergan erkak o‘zining nikohga jiddiy munosabatini bildiradi. Mahrning hikmatlari chuqur va keng qamrovli bo‘lib, ular quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi. Ayolning huquqini himoya qilish Mahr ayolning huquqini kafolatlovchi vosita bo‘lib, u nikoh tuzish jarayonida ayolning ijtimoiy va iqtisodiy mustaqilligini ta’minlaydi. Bu erkakning nikohga bo‘lgan mas’uliyatini oshiradi va ayolga moliyaviy xavfsizlikni ta’minlaydi. Nikohning ahamiyatini oshirish Mahr erkakning nikohga jiddiy munosabatda ekanligini ko‘rsatadi. Bu shunchaki moddiy masala bo‘lib qolmay, balki erkakning keliniga bo‘lgan hurmatini va munosabatining chinakamligini namoyon etadi. Oilaviy barqarorlik Mahr oilaning mustahkamligiga xizmat qiladi. Uni belgilash va to‘lash jarayoni oilaviy hayotning muhim jihati bo‘lib, kelajakdagi turmush o‘rtog‘ining jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga yordam beradi. Bu kelinning kelajakdagi iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga ko‘maklashadi. Insoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish Islomiy nikohda mahr halol va odilona belgilanishi kerak. Haddan tashqari yuqori mahr talab qilish kelajakdagi oilaviy hayotga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shu bois, mahrning adolatli miqdorda belgilanishi nikohning barqarorligini ta’minlaydi. Islom mahrni belgilashda isrofgarchilikni man etadi. Shuning uchun Rasululloh sollollohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Eng barakali nikoh – eng yengil mahr bilan qilinganidir.” (Ahmad ibn Hanbal rivoyati) Kelinning qadri va hurmati Mahr ayolning qadriyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Bu kelinning oilada va jamiyatda hurmatga loyiq shaxs ekanligini ko‘rsatadi va uning moddiy manfaatlarini himoya qiladi. Mahrning zamonaviy ijtimoiy ahamiyati Bugungi kunda ayrim jamiyatlarda mahr shunchaki rasmiyatchilikka aylanib qolgani, ayrim hollarda esa haddan ziyod talab qilinishi ayolni savdo obyektiga aylantirish xavfini tug‘diradi. Shariat bu ikki chegaradan ham ogohlantiradi. Mahr, bir tomondan, ayolni himoya qiluvchi vosita bo‘lsa, ikkinchi tomondan, erkakning jiddiyatini ifoda...

Шаввол ойи рўзаси учун қандай ният қилинади?

Саҳарликда таомланишдан олдин қуйидаги дуони ўқиш тавсия этилади: "Аллоҳумма, барик лана фиҳи ва атъимна хойран минҳу!"... - ТИИ “Қуръон илмлари” кафедраси ўқитувчиси Зафар қори Маҳмудов

Меҳмондорчиликнинг 10 одоби

Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ўзларининг ҳузурларига келган қавмларни чиройли кутиб олардилар. У зот соллаллоҳу алайҳи васаллам Абдул Қайс қавмига: “Марҳабо! Хафаликсиз ва надоматсиз келган қавм, хуш келибсиз!”, дер эдилар... - ТИИ 3-курс талабаси Абдухалилова Маҳбуба
1 2 3 4 48