islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Динимиз аҳкомлари

Бўлимлар

NABIY SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMGA SALOVAT AYTISHNING VOJIBLIGI

Ibn Sa’d Tilmisoniy o‘zlarining "Mafoxiru ahli mufaxxor" kitoblarida bunday deydilar: "Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishni tark qiluvchi, Ramazon haqini va ota-onaga yaxshilik qilishni tark qiluvchi insonlarni uqubat borasida birlashtirib turgan ma’no nima?", deyilsa, javob quyidagicha bo‘ladi: uqubatning bir xil ekanligi gunoh mohiyatining bir ekanligidan kelib chiqadi. Chunki yuqorida zikr qilingan uch holatda ham tark qilinayotgan narsa bitta u Alloh taborak va taoloni ulug‘lashdir. Buning bayoni shuki... Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishga kelsak, u Allohdan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ulug‘lanishini va darajalari yuksaltirilishini so‘rashdir. Bu ham aslida Alloh taborak va taoloni ulug‘lashdir. Qur’oni karimda bunday marhamat qilinadi: Batafsil... TII katta o‘qituvchisi Nilufar SAIDAKBAROVA, 203-guruh talabasi  Yoqutxon TOJIYEVA.

Sunnatga ergashish – mo‘tadillik va kamolot kaliti

Islom dini inson hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan mukammal din bo‘lib, u mo‘tadillik, muvozanat va adolat tamoyillariga asoslanadi. Islom na haddan oshishni, na beparvolikni ma’qullaydi, balki har bir ishda o‘rtacha yo‘l tutishni buyuradi. Ayniqsa, ibodat va hayot kechirish masalalarida mo‘tadillik islom shariatining muhim asoslaridan biridir. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari bu mo‘tadillikning eng go‘zal namunasi bo‘lib, u zot o‘z ummatlarini og‘irlik va qiyinchilikka emas, balki yengillik va muvozanatga chaqirganlar. Quyidagi hadisi sharif ham islomdagi mo‘tadillik tamoyilini yorqin tarzda ifodalab, sunnatga amal qilishning ahamiyatini ochib beradi. Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytadi: “Uch kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ibodatlari haqida so‘rash uchun u zotning jufti halollarining uylariga kelishdi. Ularga xabar qilingan edi, buni oz sanaganday bo‘lib, “Biz qayoqda-yu, Nabiy sollallohu alayhi vasallam qayoqdalar?! U zotning oldingiyu keyingi gunohlari mag‘firat qilingan bo‘lsa”, deyishdi. Ularning birinchisi: “Men kechalari doimo namoz o‘qiyman, uxlamayman”, dedi. Ikkinchisi esa: Men bir umr ro‘za tutaman, og‘iz ochiq yurmayman”, dedi. Uchinchisi esa: “Men esa ayollardan chetda bo‘laman, hech qachon uylanmayman”, dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam keldilar va bunday dedilar: Shunday, shunday deganlar sizlarmi?! Hoy, Allohga qasamki, men sizlarning Allohdan eng qo‘rqadiganingizman, Unga eng taqvo qiladiganingizman, lekin men ro‘za ham tutaman, og‘iz ochiq ham yuraman, namoz ham o‘qiyman uxlayman ham, ayollarga uylanaman ham. Kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa, mendan emas!” (Imom Buxoriy rivoyat qilgan) Bu ummat ikki yo‘l, haddan oshish (ifrot) va beparvolik (tafrit) orasini tutgan mo‘tadil ummatdir. Haddan oshish – qotib qolish, fikriy kasalliklar va begonalarga ko‘r-ko‘rona taqlidni keltirib chiqaradi. Buyuk islomga nazar soling, u har doim ifrot va tafrit o‘rtasidagi o‘rta yo‘lni tutib kelmoqda. Islomda jasorat – bemulohazalik bilan qo‘rqoqlik o‘rtasidadir. Islomda saxovat – isrofgarchilik bilan baxillik o‘rtasidadir. Islomda hayo – kasallik darajasidagi uyatchanlik bilan behayolik o‘rtasidadir. Islomda iffat – odamlardan uzilish bilan mutlaq erkinlik o‘rtasidadir. Islom – buyuk dindir, u modda bilan ruh va aql bilan qalb o‘rtasidagi muvozanatdir. Xulosa qilib aytganda, islom dini insonni ruhiy va jismoniy jihatdan ezmaydigan, balki uni kamolga yetkazadigan mo‘tadil yo‘lni tanlagan buyuk dindir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning “Kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa, u mendan emas”, degan muborak so‘zlari sunnatga amal qilish nafaqat ibodatlarda, balki hayotning barcha sohalarida muvozanatni saqlash zarurligini ko‘rsatadi. Islom ifrot va tafritdan qaytarib, jasorat, saxovat, hayo va iffat kabi fazilatlarni o‘rtacha va sog‘lom me’yorda tutishni targ‘ib etadi. Demak, haqiqiy musulmonlik – haddan oshmasdan, beparvo bo‘lmasdan, Payg‘ambar sunnatiga ergashgan holda, modda va ruh, aql va qalb o‘rtasida muvozanatni saqlab yashashdir.   Abdulbosit LUQMONJONOV, TII Magistratura talabasi 588

АЛЛОҲ ТАОЛОДАН ҚАРЗЛАРИНИ АДО ҚИЛИШ

Маййитнинг зиммасидаги одамларнинг ҳақлари адо қилинганидан кейин мол ошиб қолса, ўша қолган молни уч қисимга бўлиб, бир қисмидан маййитнинг қолдирган намоз ва рўзаларининг фидясини, адо қилмаган закот, ҳаж, садақаи фитр ёки назр ва қасамларининг каффоротларини адо қилинади. Агар маййит ушбу ҳақларни адо қилишга васият қилган бўлса, юқорида айтиб ўтганимиздек ортиб қолган молнинг учдан биридан бу ҳақларни адо қилишлари вожиб бўлади. Агар молнинг учдан бири етмаса, етганича адо қиладилар. Қолган учдан икки қисми меросхўрларнинг ҳақи бўлиб қолади. Агар меросхўрлар оқил, болиғ бўлсалар, маййитнинг Аллоҳ таолодан бўлган қарзларини молнинг қолган учдан икки қисмидан адо қилсалар маййитни охиратда бўладиган жавобгарликдан кутқариб қолган бўладилар ва ўзлари ҳам улкан савобга эга бўладилар. Агар меросхўр мажнун ёки балоғатга етмаганлар бўлса...

“Ҳозирги кунда қабул қилинган замонавий масалалардаги фатволар” мавзусида давра суҳбати

Имом Бухорий номидаги Тошкент ислом институтида 4-курс талабалари учун “Ҳозирги кунда қабул қилинган замонавий масалалардаги фатволар” мавзусида давра суҳбати ташкил этилди. Мазкур тадбирда Ўзбекистон мусулмонлари идораси қошидаги Фатво маркази директорининг ўринбосари Ғуломиддин домла Холбоев иштирок этди. У ўз маърузасида замонавий жамиятда пайдо бўлаётган турли диний-ҳуқуқий масалалар, уларнинг шариат нуқтаи назаридан ечимлари ҳамда фатволарнинг ҳаётимиздаги ўрни ҳақида сўз юритди. Давра суҳбатида талабаларга янги технологиялар, иқтисодий муносабатлар, тиббиёт ва ижтимоий ҳаётда юзага келаётган масалалар бўйича қабул қилинган фатволар мисол тариқасида тушунтириб берилди. Тадбир якунида талабалар ўзларини қизиқтирган саволлар билан мурожаат қилиб, мутахассис томонидан батафсил жавоблар олдилар. Мазкур давра суҳбати талабаларнинг диний-ҳуқуқий билимларини кенгайтириш, замонавий масалаларга нисбатан тўғри ёндашувни шакллантириш ҳамда уларни мустақил фикрлашга ўргатишда муҳим аҳамият касб этди. 783

QUR’ONGA QANDAY ERGASHILADI?

Islom dinini bashariyatga mo‘tadillik dini va saodat manbai qilib bergan Alloh taologa beadad hamd va shukronalarimiz bo‘lsin. Bu dinni biz ummatlarga omonat bilan yetkazgan suyukli Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salovot va salomlar bo‘lsin. Uni bizlargacha sof holida yetib kelishida xizmat qilgan sahobalar, tobeinlar va barcha ulamolardan Alloh taolo rozi bo‘lsin va ularni fazlu karami bilan mukofotlasin. Muqaddas dinimizga sof tabiat nazari bilan nazar solgan kishi uning naqadar adolat va mo‘tadillik ustiga qurilgani, ilm-ma’rifat va axloq dini ekaniga amin bo‘ladi. Zero, islom ibodat masalalarida bo‘lsin, ijtimoiy masalalarda bo‘lsin hamisha adolat va mo‘tadilikka chaqiradi, yuksak axloqqa buyuradi, zulm va axloqsizlikdan qaytaradi. Xususan, “An’om” surasining 161-oyatida Alloh atolo shunday marhamat qiladi: قُلۡ إِنَّنِی هَدَىٰنِی رَبِّیۤ إِلَىٰ صِرَ ⁠طࣲ مُّسۡتَقِیمࣲ دِینا قِیَما مِّلَّةَ إِبۡرَ ⁠هِیمَ حَنِیفا وَمَا كَانَ مِنَ ٱلۡمُشۡرِكِینَ Sen: “Albatta, Meni Robbim to‘g‘ri yo‘lga – rost dinga – to‘g‘rilikka moyil Ibrohim millatiga hidoyat qildi. U mushriklardan bo‘lmagan edi”, – deb ayt![1]   Mazkur oyatda Alloh taolo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Alloh u zotni to‘g‘ri yo‘l, haq din, “hanif” – haqqa moyil bo‘lgan Ibrohim alayhis salomning millatiga hidoyat qilganini odamlarga aytishga buyurmoqda. Va uning ortidan Ibrohim alayhis salom mushrik bo‘lmaganini ta’kidlamoqda. Bu bilan mushriklar Ibrohim alayhis salomning millatidan uzoqdaligini va ularning shirk yo‘li noto‘g‘ri, botil yo‘lligini bayon qilmoqda. Darhaqiqat, to‘g‘ri yo‘l – nuqson va kamchilik ham haddan oshish ham bo‘lmagan mo‘tadil yo‘ldir. Shunday ekan kim haq yo‘lda ekani u tutgan yo‘lning nuqson va g‘uluv – haddan oshishdan xoliligi bilan ajratib olinadi. Diniy masalalarning asosini tashkil etuvchi aqida ilmi ayni shu maqsadda, ya’ni islom ummatini Robbilari buyurgan yo‘ldan og‘ishmay, haq yo‘l – to‘g‘ri e’tiqodda mustahkam turishlarini ta’minlash uchun ulamolar tarafidan asos solingan. Yurtimiz faxri Imom Moturidiy ana shunday muassis ulamolardan, ahli sunna val jamoaning ikki yirik aqidaviy mazhab imomlaridan biri, Moturidiya ta’limotining sohibi hisoblanadi. Shu o‘rinda “muassis” so‘ziga biroz aniqlik kiritib ketish o‘rinli bo‘ladi. Ahli sunna val jamoadan deb e’tirof etilgan aqidaviy va fiqhiy mazhab sohiblariga nisbatan muassis so‘zini ishlatilganda uni quyidagicha tushinish lozim. Ular Qur’oni karim va hadisi sharif ma’nolarini Alloh taolo va Uning Rasuli iroda qilganidek, sahobalar tushunganlaridek tushunib, ummatga ana shu asl holida yetkazib berganlar. Ular hech bir hukmni o‘zlaridan to‘qib chiqarmagan, diniy hukmlar borasida shar’iy dalilsiz, asossiz biror so‘z aytmagan. Shunday ekan ularga ergashish shariatga ergashish, balki shariatga ular darajasida amal qilish hisoblanadi. Ba’zan quyidagicha e’tirozli savol tug‘ilishi mumkin: “Nima uchun Alloh taoloning kalomini har kim bevosita tushunib amal qilishi mumkin emas, Qur’oni karimda hamma narsa ochiq-oydin bayon etilmaganmi?”. Alloh taolo Nahl surasi 89-oyatida marhamat qiladi: وَنَزَّلۡنَا عَلَیۡكَ ٱلۡكِتَـٰبَ تِبۡیَـٰنًا لِّكُلِّ شَیۡءࣲ وَهُدًى وَرَحۡمَةً وَبُشۡرَىٰ لِلۡمُسۡلِمِینَ “Sizga hamma narsani bayon qilib beruvchi, hidoyat, rahmat, va musulmonlar uchun bashorat bo‘lgan Kitob (Qur’on)ni nozil qildik”[2] Bu oyati karimani o‘qish bilan inson zehniga darhol: “ha, demak Qur’onda barcha narsa bayon etilgan ekan, dinimga amal qilshda boshqa narsaga na hojat”, – degan xayol kelishi mumkin. Lekin bunday xayolga borgan kishi oyatdagi “barcha narsa” dan murod nimaligi, nimalar Qur’onning bayoni bo‘lishi mumkinligidan g‘aflatda qoladi. Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiy yuqoridagi oyati karimani o‘zining “Tafsirun Nasafiy” nomi bilan mashhur bo‘lgan “مدارك التنزيل...
1 2 3 48