islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Ислом тарихи

Бўлимлар

Жазарийнинг қироат илмига оид асарлари таснифи

Ибн Жазарий китоб ёзиш майдонида кўзга кўринган олимлардан ҳисобланадилар. Гарчи қироат илми борасида машҳур бўлсалар-да, бошқа илмлар борасида ҳам кўплаб китоблар таълиф қилганлар. Қироат, улумул Қуръон, Ҳадис, Мусталаҳул ҳадис, фиқҳ, усулул фиқҳ, тарих, маноқиб, араб илмлари ва бошқа фанлардан ёзган китоблари адади 90 дан ошади. Қуйида улардан баъзиларини келтириб ўтилади...- Тошкент ислом институти талабаси Сабирбаев Иляс

Abul Abbos Zahiriddin Ahmad Temurtoshiy “Fatavoi Temurtoshiy” kitobida fatvo yozish uslublari:

Muallif tayangan uslublar bitta manhaj bilan cheklanib  qolgan emas, balki turli usullarni qo‘llaganlar. Qo‘llanilgan usullardan misollar: 1- uslub. Kitob muallifi ismini, so‘ng kitob nomini, so‘ng naql qilingan gapni keltirganlar. Masalan, “Falonchi falon kitobida aytdi”,- deb, keyin naql qilingan matnni keltiradilar...- Toshkent islom instituti talabasi Gadayev Furqat

Imom Zayla’iy al-Hidoya kitobida kelgan hadislarni taxrij qilishdagi tutgan yo‘li

Imom Zayla’iy Nasbur-Raya li-Ahadis al-Hidoya asarida al-Hidoya kitobida kelgan hadislarni taxrij qilgan. Imom Zayla’iy o‘zi hanafiy mazhabiga ergashuvchilardan bo‘lsa-da, al-Hidoya hadislarini taxrij qilishda qisqartirmagan, balki, hanafiy mazhabidan boshqa mazhab vakillarining dalillarini bayon qilish ila ushbu taxrij kitobini ziynatlagan.  Imom Zayla’iy al-Hidoya kitobida kelgan hadislarni taxrij qilish asnosida insof ila taxrij qilganligi u kishini va mana shu taxrij kitobini insonlar orasida mashxur bo‘lishlariga katta sabab bo‘lgan...- Toshkent islom instituti talabasi Sharipov Alisher

Alloma Zohid Kavsariy

Muhammad Zohid Kavsariy 1879 yil 16 sentyabrda Turkiyaning Duzja viloyati Hojihasan qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning kelib chiqishi cherkes oilasiga mansub bo‘lgan. Otasi Hasan Hilmiy afandi 1831-yil Kavkazning Shabzarida tug‘ilgan bo‘lib, mudarris sifatida faoliyat ko‘rsatgan. U 1863-yilda Kavkazning Chor imperiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida oilasi va talabalari bilan birgalikda Duzja viloyatiga ko‘chib o‘tib, u yerda o‘z nomiga qo‘yilgan Hojihasan qishlog‘iga joylashgan. U yerda naqshbandiya tariqati xalifalaridan shayx Davlatga qo‘l berib, o‘zi ham 1865-yilda xalifalik rutbasiga erishgan. 1867-yildan Hojihasan qishlog‘idagi madrasada ish faoliyatini boshlagan. 1870-yilda Istanbul shahriga borib, u yerda Ahmad Ziyovuddin Kumushxonaviyning darslarida qatnashib, undan “Daloil al-xayrot” asari bo‘yicha ijoza olgan...- Toshkent islom instituti talabasi Kuldashev Bobomurot

Buyuk mufassir imom Bag’aviy

Imom, hofiz, mujtahid, faqih, sunnatni qayta tiklovchi, Abu Muhammad Husayn ibn Mas’ud ibn Muhammad Farro Bag‘aviy Shofe’iy Kitob va sunnati nabaviyni ixlos bilan o‘rganib, o‘rgatib, ular haqida kitob yozish bilan xizmat qilgan buyuk ulamolardan biridir. Farro: Mo‘ynali kiyimlar ishlab chiqarish va sotishga nisbatan ishlatiladi. Arab tilidagi Bag‘aviy so‘zining: “Bo”, “G‘o”, “Vov” harflari fatha bilan yozilib, bu Xurosonda Marv va Hirot o‘rtasidagi “Bog‘” va “Bog‘shur” nomli shaharga, nisbatan ishlatiladi...- Toshkent islom instituti talabasi Xasanov Husniddin
1 2 3 4 5 33