islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Мақолалар

Бўлимлар

Исломда – тил ўрганишга эътибор

Ислом дини – илм дини. Мусулмон киши ибодатга тегишли билимлардан ташқари ўзи касб қилган иши ёки ўрганмоқчи бўлган соҳасининг илмини билиши керак. Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам мусулмонларни турли тилларни ўрганишга тарғиб қилдилар. Чунки, бундан кўзланган мақсад ўзга халқлар билан мулоқот қилиб уларни исломга даъват қилиш ва ёмонликларидан сақланиш эди... - 4-босқич талабаси Тўлаганова Дилфуза

Ijtihod ahli- Mujtahid ulamolar

Shar’iy ilmsiz tortishish Allohning g‘azabiga va iymonsizlikka olib boradi. Ba’zida dinimizda shunday aqidaviy va fihqiy masalalar borki unga yetarlicha ilm bo‘lmasa tеk turish va uni biluvchi olim kishidan so‘rash lozim. Bu masalada to‘xtab turib, shakka tushish mumkin emas...- Toshkent islom instituti talabasi Sodiqov Nodirbek

Sharq va G‘arb tilshunoslari arab tili grammatik qonun-qoidalarini yuzaga kelishi haqidagi fikrlari

Arab tili va uning grammatik qonun-qoidalari Sharq va G‘arb tilshunos tadqiqotchilari tomonidan ham juda ko‘p o‘rganilgan. Ular olib borgan ishlar natijasiga ko‘ra, arab tili grammatikasi nahv ilmining yuzaga kelishi haqida bildirgan fikrlari quyidagilardan iborat...- Toshkent islom instituti Turg‘unov Abdulatif

Tafsir ilmiga o‘zgacha yondashgan olim

Tafsir ilmi - Alloh taoloning kalomi Qur’oni karimni to‘g‘ri tushunish, Alloh taolo o‘z kalomining qa’riga yashirib qo‘ygan xazinalaridan xabardor qilganicha  va suyukli payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga vahiy qilganidek anglash va uni qalbga singdirish uchun vosita bo‘lgan eng muhim ilmlardan hisoblanadi. Bu ilmga butun hayotini bag‘ishlagan va uning rivojiga hissa qo‘shgan olimlarni sanab sanog‘iga, hisoblab adog‘iga yetib bo‘lmaydigan darajada ko‘p zikr qilishimiz mumkin...- Toshkent islom instituti talabasi Ikromjonov Abubakr

Alloma Najmiddin Umar Nasafiyning hayoti

O‘z davrida turli ilm sohalarida faoliyat olib borgan ushbu mutafakkir va qomusiy olimning ismi manbalarda to‘liq holda Najmuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ismoil ibn Muhammad ibn Ali ibn Luqmon an-Nasafiy as-Samarqandiy shaklida beriladi. Allomaga “Najmuddin” (dinning yulduzi) taxallusining berilishiga sabab uning islom ilmi sohalari bo‘yicha ko‘rsatgan xizmatlarining katta bo‘lganligini ko‘rsatadi. Nasafiy Qur’on, hadis, aqida va fiqh kabi ilmlarni mukammal bilgan, she’riyat sohasida qalam tebratgan va tafsir, hadis, kalom, fiqh va she’riyatga doir ko‘plab asarlarni meros qoldirgan. Movarounnahrdagi Samarqand, Buxoro, Nasaf kabi, shuningdek, Bag‘dod, Marv kabi ilm markazlarida ko‘plab olimlardan dars olgan va qator shogirdlarga dars bergan...- Toshkent islom instituti talabasi Shaydullayev N
1 55 56 57 58 59 715