Musulmon kishi qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar niyatini to‘g‘ri qilmoqligi va shariatga muvofiq yashamoqligi zarur. Xoh u real hayotda bo‘lsin, xoh virtual hayotda! Jumladan hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish inson hayotidan katta joy egalladi desak xato bo‘lmaydi. Shu sababli ijtimoiy tarmoqdan foydalanadigan har bir musulmon kishi bir qancha narsalarni bilishi va unga amal qulishi zarur...- Toshkent islom instituti talabasi Imron Xolmirzayev
Haj amalini mukammal ado etish uchun nafaqat moddiy imkoniyatga ega bo‘lish, balki unga jismoniy, ruhiy va ma’naviy tayyorgarlik ko‘rish ham zarurdir. Avvalo, haj ibodatini ado etishga hozirlik ko‘ruvchining niyati xolis, Alloh taoloning roziligi bo‘lishi kerak. Binobarin, bu safarga tijorat yoki sayohat uchun emas, balki zimmadagi farzni ado etish, gunohlardan poklanib kelish uchun boriladi...- Toshkent islom instituti talabasi Habibullayev Ubaydulloh
Hazrati imom A’zam Abu Hanifa shogirdlari Imom Abu Yusuf (a.r.) ilm-u-Irfon, rushdu hidoyatda hamda husni siyratda kamolotni bilganlarida, bul zotga oq fotihalarini berib, mana bu nasihatni aytganlar: Ey, Yaqub! O‘g‘lim! Bu so‘zlarim hayoting dasturiga aylansin! Avvalo, podshoh va amirlarni ulug‘ sana! Hurmat-izzatlarini chiroyli ado et! Ularni Allohning ulug‘ bandalari deb bil! Huzurlarida barcha odob-axloq ko‘rsatmalariga rioya qil! Ul zotlarning oldiga kirganingda zinhor yolg‘on gapirma!...- Toshkent islom instituti talabasi Ibrohimov Bahodir
Til inson uchun berilgan ulkan ne’mat. U koʻplab yaxshiliklarga vosita va koʻplab yomonliklarni toʻsuvchidir. Undan toʻgʻri va oqilona foydalanish ham buyuk bir fazilatdir. Agarda buning aksi boʻlsa boshga balo boʻlishi va kishini koʻpgina xayr-barakalardan mahrum boʻlishiga sababchi boʻlishi mumkin...- Toshkent Islom Instituti talabasi Yaxshiboyev Muhammad Said
Аллоҳ таоло “Нисо” сурасида: «Ва етимларга ўз молларини беринг. Нопокни покка алмаштирманг. Уларнинг молларини ўзингизнинг молларингизга қўшиб еманг. Зеро, бу катта гуноҳ бўлур»[1], деган(2-оят). Ушбу оятдаги хитоб умуман мусулмонлар оммасига, хусусан, етимларнинг кафилларига қаратилгандир. Балоғатга етмаган ёш болалар отаси ўлиб қолса, етим бўладилар. Уларни ота томонидан ёки улар бўлмаса, бошқа томондан бўлган қариндошлар ёхуд умуман бошқа бирорта мусулмон ўз кафолатига олади...- Тошкент ислом институти талабаси Анвар Аъзам