Бир шаҳарда бир неча ойдан бери ёмғир ёғмас эди. Қурғоқчилик, Сувсизликдан ҳосиллар, экинлар кириб боряпти. Шунда бутун шаҳар аҳд қилишиб ҳаммалари бир вақтда намозгоҳда йиғилиб истисқо намозини уқиб, Аллоҳ таолодан ёмғир сўрашни ният қилдилар. Келишилган кун ва соатда мингга яқин одам намозгоҳга йиғилди. Бир ёш бола хам таҳорат қилиб, катталарга қўшилиб намозга келди. Унинг қўлида ёмғирдан сақланиш учун соябон хам бўлиб, у имомга яқинроқ жойга келиб ўтирди...- Тошкент Ислом институти талабаси Жўрамирзайев Исломжон
Bolaning ota-onadagi haqlaridan, ota-onaning farzand oldidagi vazifalaridan biri farzandiga ma’nodor, chiroyli ism qo‘yishdir. Bola tug‘ilgan kunidayoq, yoki uchinchi yoxud yettinchi kunda ism qo‘yish mumkin. Ism qo‘yish uchun ma’lum kun tayin qilinmagan...- Toshkent islom instituti talabasi Buriboev Abdulvohid
O‘tayotgan har bir lahza inson hayoti va umrining bir qismidir. Ana shu o‘tayotgan kun qiyomat kuni foydasiga yoki zarariga guvohlik beradi. Shuning uchun musulmon kishi o‘tkazayotgan vaqtini sarhisob qilib borishi lozim. Har o‘tayotgan daqiqasidan nimadir foyda olib qolishi kerak. Vaqtga e’tibor muhim bo‘lganidan, dinimizda ko‘plab toat- ibodatlar aniq vaqtga xoslab qo‘yilgan...- Toshkent islom instituti talabasi Abdukarimov Sadriddin.
Alloh taolo dunyoni yaratibdiki, uni sabablar ustiga bino qilgan va o‘zi yaratgan mezon va qonunlarga ko‘ra joriy qilgandir. Sof va pokiza fitratli inson o‘z aqli va tafakkuri bilan bu mezon va qonunlarni tushunishi, anglashi va hattoki shu qonunlar joriy bo‘lishida o‘zining sof aqli va tafakkuri orqali ishtirok etishi ham mumkin. Inson haqni izlashdan to‘xtamasa, Alloh unga haqni topishida yordamchi va madadkor bo‘ladi. “Yo‘l yurganga ko‘rinadi” deganlaridek, haqni izlashdan to‘xtamagan kishi uni topishi va anglashi ham tayindir...- Toshkent Islom Instituti talabasi Yaxshiboyev Muhammad Said
Уйланмай ёлғиз яшайдиган киши дунё(вий) эҳтиёжлари билан машғул бўлгани учун вақтини зое этади ва охират ишларига кўп вақт ажрата олмайди. Солиҳа аёл уй ишларида эрига ёрдамчи бўлиши охират ишлари учун вақтдан фойдаланишига ҳам ёрдам беради...- Тошкент ислом институти талабаси Зикрёев Ҳожимурод