islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Dekabr 7, 2017

Day

КОНСТИТУЦИЯВИЙ ҲУҚУҚ – МИЛЛИЙ ҲУҚУҚНИНГ ЕТАКЧИ ТАРМОҒИ

Ҳар бир фуқороларининг ҳуқуқ ва мажбуриятларини, имтиёзларию, бурчларини таъминловчи бош омил – қонун бу конституциядир. Мазкур қонун ўзига хос жиҳатларга эга бўлиб, унинг миллий хусусиятлари, анъаналаридан келиб чиқади. Қонунларни билмаслик икки томондан зиён. Биринчидан, қонундан бехабар киши уни бузиши табиийдир. Иккинчидан, баъзи кимсалар бошқаларнинг қонунни билмаслигидан ўз манфаати йўлида фойдаланади. Шу боисдан ҳам ҳар бир фуқаро ўзи яшаб турган ҳудуднинг қонунларини, ўз ҳуқуқ ва бурчларини, конституциявий ҳуқуқларини яхши билиши зарур. Хўш конституциявий ҳуқуқ дегандат нимани тушуниш мумкун? Конституциявий ҳуқуқ миллий ҳуқуқ тизимида ҳуқуқнинг етакчи тармоғидир, негаки энг олий юридик кучга эга бўлган конституция унинг асосий манбаи бўлиб хизмат қилади. Ҳуқуқий давлатда қонун якка ҳокимликка, зўравонликка, вазифасини суистемол қилишларига йўл бермайди, фуқароларнинг ҳақ-ҳуқуқларини, қадр-қиммати, эркинлиги шаънини, ғурурини ҳимоя қилади, ижтимоий адолат таъминланишини ўз зиммасига олади. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси мамлакатни демократик йўлдан ривожлантиришнинг ҳуқуқий кафолатидир. Республикамиз мустақил давлат бўлгач, «Социалистик давлат», «Умумхалқ давлати» деган тушунчалардан воз кечди ва жаҳондаги илғор ривожланган мамлакатлар тажрибасига асосан, ҳуқуқий давлат қуришнинг мақсад қилиб қўйди. Шу маънода, айтиш мумкинки, Ўзбекистон ўз мустақиллигининг дастлабки йилларида давлатчиликнинг ҳуқуқий асосларини яратиш бўйича жуда катта муваффақиятларга эришди. Чунки Истиқлолнинг дастлабки бир йили мобайнидаёқ давлатимизнинг асосий қонуни – Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси ишлаб чиқилди, кенг муҳокама этилди ва 1992 йилнинг 8 декабрида қабул қилинди. Унга мос равишда яна 500 дан ортиқ қонун қабул қилиниб, кучга кирди.     Бу қомусий ҳужжатларимизнинг халқчилиги шундаки, унда миллий урф-одатларимиз, анъаналаримиз, эътиқодимиз, умуман миллий қадриятларимиз ҳимояси ва равнақи аниқ белгилаб қўйилгандир. Шунинг учун ҳам биз мустақиллик байроғини баланд кўтариб, истиқлолни мустаҳкамлаш учун бутун куч-ғайратимизни сафарбар этмоқдамиз. 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган Ўзбекистон Республикасининг  Конституцияси, энг аввало Ватанимиз озодлигининг шаҳодати сифатида қадрлидир. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси мустақиллик берган ҳуррият тимсолидир. Унинг тарихий аҳамияти ва моҳияти шундан иборатки, унда республикамиз фуқароларининг ҳақ-ҳуқуқи, эркинлиги, қадриятлари, урф-одатлари, барча фуқароларнинг қонун олдида тенглиги ўз ифодасини топган. Сиёсий, ҳуқуқий ва халқаро аҳамиятга эга бўлган Ўзбекистон Конституцияси жаҳон майдонида янги мустақил давлат — Ўзбекистонни намойиш қилиши қалбларимизга қувонч бағишламоқда. Бугунги кунда Ўзбекистон ўз йўлини Конституцияга асосланиб, республика манфаатлари, шарт-шароити ва хусусиятларига тўла мос келадиган иқтисодий ислоҳотларни амалга оширмоқда.     Қомусимизда Ўзбекистон  фуқароси бўлган барча миллат ва элатларнинг тили, урф-одатлари, миллий анъаналарини ҳурмат қилиш кафолатланган. Бу эса ана шу миллат ва элатлар ўртасидаги дўстлик ришталари  мустаҳкамлигига гаровдир. Ўзбекистонда яшовчи барча фуқароларнинг фаровон ҳаёт кечиришини таъминлаш, инсонпарвар ҳуқуқий давлат барпо этиш каби олижаноб ғоялар ўз ифодасини топган. Маълумки, давлатнинг ишончи, обрў-эътибори кўрки унинг Конституциясидир. Демак, биз ҳам Конституциямиз туфайли ўз обрў-эътиборимизга эга бўлдик. Асосий қонунда БМТнинг устувор йўналишидаги ҳужжатлари, Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон Декларацияси, халқаро ҳуқуқнинг меъёр ва тамойиллари ҳисобга олинган. Конституциямиз, аввало, ўзида миллий хусусиятларимизни акс эттиради, иккинчидан, у жаҳон андозаларига мос келади. Кўриниб турибдики, Конституция у жиҳатдан ҳам, бу жиҳатдан ҳам бевосита шахсга – инсонга, демакки, унинг маънавиятига бориб боғланаверади. Биз энг олий қадрият деганда нимани тушунамиз? Бу Консититуциямизда қонун тили билан аниқ ифодалаб, белгилаб қўйилган: «Ўзбекистон Республикасида демократия умуминсоний принципларга асосланиб, уларга кўра, инсон, унинг ҳаёти, эркинлиги, шаъни, қадр-қиммати ва бошқа дахлсиз ҳуқуқлари олий қадрият ҳисобланади» (13 модда). Конституциямиз ҳар биримизнинг комилликка чексиз интилишимизни кафолатлайди. У давлатимиз ва халқимиз учун чинакам адолат мезонидир. Президентимиз Ислом Каримов...

Konstitutsiyamizning islom dini bilan hamohangligi

O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini qabul qilinishida 1990-yil 20-iyun kuni qabul qilingan “Mustaqillik dekoratsiyasi” birinchi qo’yilgan qadam bo’liib hizmat qildi. So’ng  1991-yil 31- avgustida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida”gi  qonuning qabul qilinishi ushbu konstitutsiya uchun asos bo’lib hizmat qildi. O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi  O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining  12-chaqiriq   11-  sessiyasida 1992-yil   8- dekabrda qabul qilingan.  Konstitutsiyamiz to’laligicha  muqaddas dinimiz bo’lmish “Islom” dinini himoya qiladi va qo’llab quvvatlaydi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng milliy urf-odatlarga, madaniy va umuminsoniy va diniy qadriyatlarga e’tibori yanada yaxshilandi.  Insonning ma’naviy-ruhiy olamini,  hayotini,  yashashni diniy-ma’rifiy bilimlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.  Ma’rifatsiz inson jaholat sari yo’l oladi.   Ilm-u ma’rifat insoning qo’lidagi masha’la bo’lib, o’z yorug’ligi bilan insonlarni taraqqiyot sari yetaklaydi. Ayniqsa hozirgi kunimizda diniy bilimlar bilan bir qatorda bosh qomusimiz bo’lmish konstitutsiyamizni bilishning o’rni beqiyosdir. Zero har bir ota ona  farzandi solih, ma’naviy barkamol inson bo’lib yetishishini orzu qiladi. Yurtimizning gullab yashnashi, undagi turli millat va elatlarning hamjihat ahil-inoq bo’lib yashashlarida, yurtimizning jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi, tashqi aloqalaro o’rnatilishi va barcha amalga oshirilayotgan huquqiy islohatlarni tartibga solishda qomusimizning o’rni beqiyosdir. Konstitutsiya lotincha “constitutio” – “tuzilish”, “tuzuk” ma’nolarini anglatib,  davlatning   asosiy qonunidir. U davlat tuzukishini, hokimiyat va boshqaruv  organlari tizimini ularning  vakolati hamda shakllantirish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq  va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi.   Konstitutsiya  barcha  joriy  qonunlarning asosi hisoblanadi. Konstitutsiya atamasi qadimda Rimdayoq bor bo’lib ” Imperator kodeksi “ deb atalgan qonun edi .  Amir Temur  bobomizning  “Tuzuklar”i Sharq va Osiyo mamlakatlari svilizatsiyasiga xos  alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat bo’lgan.  Muqaddas dinimizda esa to’rt  fiqhiy mazhab ulamolarimizning qoldirgan buyuk fiqhiy asarlari o’sha davr va hozirgi kunimizda ham konstitutsiyaviy hujjat bo’lib hizmat qilmoqda. Konstitutsiyamizning jahondagi boshqa davlatlar konstitutsiyasidan afzallik jihati shundaki  uning  46-moddasida: Hotin qizlar va erkaklar  teng huquqlidirlar deyilgan. Bu moddani kostitutsiyamizga yozilish jarayonida O’zbekiston respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov tashabbuslari katta bo’lib, ular Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) dan “Jannat onalar oyog’i ostida” deb aytilgan hadislaridagi onalar (ayollar)ning huquqlarini ulug’ ekanini  konstitutsiyamizda ham aks ettirishni istaganliklarini ko’rishimiz mumkin. Bu haqida O’zbekiston Musulmonlar idorasida bo’lib o’tgan Konstitutsiyamizning 25 yilligiga bag’ishlangan majlisda  Akmal  Halmatovich tomonidan ma’lumot berildi. Hech bir davlat qonunida ayollarni bunday ezozlab  konstitutsiyaviy qat’iy belgilamagan. Bundan tashqari konstitutsiyamizning 18-moddasida: O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib,   jinsi,   irqi,  millati,  tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shahsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo’yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsplariga mos bo’lishi shart. Bu haqida Niso surasining  58-oyatida: “Albatta, Alloh sizlarga omonatlarni o’z ahliga erishtirishni va agar odamlar orasida hukum qilsangiz, adolat ila hukum qilishni amr qiladidir. Alloh sizlarga qanday ham yahshi vaz qilur. Albatta, Alloh eshituvchi va ko’ruvchi zotdir” deb marhamat qilingan.  Bu oyati karimada Aloh bizlarni adolatli bo’lishga buyurmoqda. Yuqoridagi konstitutsiyamiz moddasida fuqarolarimizning qonun oldida teng ekanliklari adolatning oliy ko’rinishlaridan biridir. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini 24-moddasida: Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suyiqasd qilish eng og’ir jinoyatdir. Bu borada Moida surasining 32- oyatida: “Kim bir jonni nohaqdan yoki yer yuzida fasod qilmasa ham o’ldirsa, huddi hamma odamlarni o’ldirgan bo’ladi. Kim uni tiriltirsa, huddi hamma odamlarni...

Konstitutsiya – saylov huquqining mustahkam kafolati

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 20 iyun kuni “O’zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoyishni imzoladi. Hozirgi kunda yer yuzida mavjud davlatlarning deyarli barchasida o’zlarining erkin siyosati, tili, pul birligi va davlat ramzlariga ega bo’lsada, ammo ularning hammasi ham o’z konstitutsiyasiga ega emas. To’g’ri, ularda konstitiusiyaning o’rnini bajaruvchi boshqa hujjat-dasturlar bor bo’lsa ham, qat’iy o’rnatilgan qunun-qoidalar majmuasi yo’q. O’zining milliy ramzlari qatorida tilga olinadigan Konstitutsiyamiz bizda ega ekanligi insonni quvontiradi. Ma’lumki, 8 dekabr sanasi har yili mamlakatimizda ko’tarinki kayfiyatda o’tkazish odat tusiga aylangan. Chunki, bu sanada O’zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan. 1992 yildan buyon bu kun Respublikamizning siyosiy hayotida muhim o’rin tutgan kun sifatida qaralib kelinmoqda. Asosiy qonunimiz haqida so’z yuritilar ekan, saylov tizimi haqida to’xtalib o’tish o’rinlidir. Ma’lumki, saylov demokratik davlat va huquqiy jamiyatni qurishda asosiy yo’nalish hisoblanadi. Saylov tizimida shaxs – o’z davlati va jamiyati oldida aloqador holda huquq va erkinliklari, burchlarini his etadi. Jumladan, `Konstitutsiyaning 23 bo’lim, 117 moddasida: “O’zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat hokimyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o’z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. … Saylov o’tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi”. Demokratik tamoyillar asosida tashkil qilinadigan va o’tkaziladigan saylovlar bir tomondan, shu davlat fuqarolarinig davlat organlarini tuzish va davlat organlari ishida ishtirokini ta’minlasa, boshqa tarafdan, to’g’ri tashkil qilingan saylovlar natijasida fuqaro va jamiyat manfaatiga mos davlat organlari vujudga keladi. Qolaversa, saylov faqat hokimiyat tuzilmasini tashkil qilish emas, balki u davlat hokimiyat organlarini nazorat o’rnatish usulidir. Konstitutsiyaning bu tizimi jahon miqyosida o’zini oqlab kelayotgan saylov huquqining umumiy prinsiplari mustahkamlanadi va fuqarolarning saylov huquqlarini cheklashga yo’l qo’ymasligi o’z aksini topib, ushbu konstitutsiyasining 117 moddasinig oxirgi bandida batafsil belgilab qo’yilgan. Konstitutsiyaning hayotdagi o’rni va ahamiyatini keng targ’ib qilish, fuqarolar, ayniqsa, biz yoshlarning qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg’usini kuchaytirish, bizlarning huquqiy ongimiz va madaniyatni oshirish va Asosiy Qonunuimizni o’rganish asosiy vazifalarimizdandir. O’zbekistondagi qonurbhujjatlar, |qaror va farmoyishlar va ayniqsa, Konstitutsiyamizning mustahkamligi jnson , jamiyat, davlatning manfaatlari va ularning farovon hayotini kafolatlaydi. Zero, 2017 yil Prezidentimizning tashabbuslari bilan “Xalq bilan muloqot- inson manfaatlari yili ” deb e’lon qilinishi bejizga emas. Negaki, konstitutsiya har bir inson huquqini mustahkam kafolati hisoblanadi. TII 1V guruh talabasi Omina G’ofurova. 522

KONSTITUTSIYA – UMUMINSONIY QADRYATLARIMIZ TIMSOLI

Insonlar kishilik jamiyati vujudga kelgandan buyon, ma’lum qonun-qoidalar  va nizomlar asosida yashab kelmoqda. Chunki, har qanday jamiyatda inson qonun-qoidalar, burch va majburiyatlar, huquq va erkinliklar asosida yashamas ekan, unday jamiyat va davlatda parokandalik yuzaga kelishi muqarrardir. Har bir mustaqil davlat vujudga kelar ekan, albatta, uning davlat ramzlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shunday ramzlardan biri “Konstitutsiya”dir. Yurtimiz ham mustaqillikka erishganidan so’ng tez fursatda o’z konstitutsiyasiga ega bo’ldi. Taniqli huquqshunos, siyosatchi, Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, Toshkent Oliy Ma’hadi talabalari bilan bo’lib o’tgan davra suhbatida: “Biz Konstitutsiyani tuzishda asosan uch tamoyilga: 1)  milliy davlatchiligimizdagi tarixiy qomuslarga; 2)  rivojlangan davlatlarning  ikki yuzdan ortiq konstitutsiyalariga; 3) umuminsoniy qadriyatlar va milliy an’analarimizga asoslangan holda ishlab chiqdik. Mazkur konstitutsiyani ishlab chiqishda ikki yildan ortiq vaqt mobaynida mashaqqatli mehnat  qilindi. Xalqning fikr mulohazasi o’rganildi, yurtimizning keng ziyoli qatlami bilan fikr almashildi. Ayniqsa, Konstitutsiyamizdagi qonunlarni ishlab chiqishda Respublikamizning Birinchi Prezidenti, marhum I.A. Karimovning xizmatlari beqiyosdir!..” Darhaqiqat, Bosh Qomusimiz ancha puxta va mukammalroq tuzilganligini bugungi kunda ko’plab xalqaro siyosatchi va huquqshunoslar tomonidan tan olinayotgani va umumbashariy meyyo’rlarga mos, va bugungi kunimiz bilan hamnafas ekanligini e’tirof etayotgani quvonarlidir. Bosh qomusimiz davlatda qonun ustuvorligini va mamlakatda yashayotgan har bir fuqaro dinidan, irqidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, qonun oldida teng huquqli ekanini belgilovchi asosiy mezondir. Konstitutsiyamiz nafaqat umuminsoniy qadryatlarni o’z ichiga olgan, balki, asrlar davomida shakllanib kelayotgan milliy qadryatlarimizga ham to’la muvofiqdir. Masalan, biz O’zbek millatida oila eng muqaddas dargoh bo’lib kelgan. Shuni inobatga olib, hatto Bosh Qomusimining butun bir bobi, ya’ni, XIV bobi oilaga bag’ishlangan. Makur bobning yana bir moddasiga e’tiboringizni qaratmoqchiman! Konstitutsiyamizning  66-moddasida shunday deyilgan: “Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar”.  Bizning qonunchiligimizda bo’lgani kabi boshqa mamlakatlar konstitutsiyalarida ham “Ota-onalar o’z farzandlariga g’amxo’rlik qilishi” belgilab qo’yilgan, ammo keksayib qolgan ota-onalarga farzandni g’amxo’rlik qilishi majburiyligi boshqa qaysi konstitutsiyada bor?! Haqiqatan bunday qonunlarni kiritishdan avval puxta o’ylangani, yeti o’lchab bir kesilganini bugungi kunimiz aytib turibdi. Kezi kelganda shuni aytish o’rinlidir! Inson tafakkuri va izlanishi natijasida tadbiq etilgan har qanday qonun va nizomlar vaqt o’tishi bilan o’zgartirib borishga, xizmatini o’tab bo’lgan qonun-qoidalar bekor qilinib ularning o’rniga hozirda jamiyatimizga zarur bo’lgan yangidan yangi qonun-qoidalar bilan to’ldirib borishga muhtojdir. Konstitutsiyamizga bir necha bor o’zgarish va qo’shimchalar kiritilgani ham bunga yorqin misol bo’la oladi              TII 2-B kurs talabasi Mansurov Musoxon   2 725

KONSTITUTSIYANI O’RGANISH – FUQAROLIK BURCHIMIZ

Hozirgi kunda yer yuzida mavjud davlatlarning deyarli barchasi о‘zlarining erkin siyosati, tili, davlat ramzlariga ega. Ammo ularning hammasi ham о‘z konstitutsiyasiga ega emas. Tо‘g‘ri, ularda konstitutsiya о‘rnini boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlar bajarishi mumkinki, konstitutsiya deb atalmish qat’iy belgilab qо‘yilgan qonun-qoidalar majmuasiga ega emas. О‘zining milliy ramzlari qatorida tilga olinadigan konstitutsiyaga bizning mamlakatimiz ham ega ekanligi kishini quvontiradi. Institutimizda о‘tkazilgan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi!” nomli tadbir xuddi manashu mavzuga bag‘shlandi. O’zbek xalqi xotirasida XX asrning so’nggi o’n yilligidagi shonli tarixiy voqealar abadiy muhrlanib qoladi. Aynan shu o’n yillikning boshlarida istiqlol sari qadam qo’yildi. Ajdodlarimizning azaliy orzusi mustaqillik – o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi qo’lga kiritildi. Bu yillarda insonparvar , demokratik davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun zarur zamin yaratildi. Yangi ming yillik boshi XXI asr – o’zbek xalqi uchun O`zbekistonni buyuk davlatga aylantisih va inson huquqlari ustuvor bo’lgan farovon hayot qurish asri bo`ladi. Bu borada jamiyat hayotining barcha sohalarida tub yangilanish va bunyodkorlik ishlari keng ko`lamda izchil amalga oshirilmoqda. Kelajagi buyuk O`zbekistonni yaratishga hissa qo`shish sh Vatan farzandlarining zimmasiga ulkan mas`uliyat yuklaydi. Yuksak mas`uliyatni anglab, jamiyatga o`rnatilgan tartib va intizomga amal qilib yashash huquqiy davlatga hos hususiyat hisoblanadi. Shuni aytish kerakki, huquqiy davlat o`z-o`zidan bunyod bo`lmaydi. Buning uchun hayotta Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi ta`minlanishi kerak. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyat bo`lishi, mas`uliyat va majburiyatni his qilib yashash tarzi qaror topishi zarur. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – oliy yuridik kuchga ega huquqiy hujjatdir. Uning qabul qilinishi huquqiy tiklanish va taraqqiyot sari qadam bo`ldi. O`zbekiston Respublikasining huquq tizimida Konstitutsiya huquqi tizimining birlamchi asosidir. U huquq tarmoqlari birligini, o`zaro muvofiqligini hamda harakatlanish prinsplarining yagonaligini ta`minlaydi. Huquqiy davlat yaratish sari rivojlanib borayotgan davlatimizda huquq ustuvorligini ta’-minlab borish muhim vazifalardan sanaladi. Konstitutsiyamizning ustuvorligi esa har birimizdan ulkan huquqiy mas`uliyatni talab qiladi. Ya`ni bu mas`uliyat konstitutsiya va qonunlarni bilishni, ularga amal qilib yashashni taqozo etadi. Bu esa konstitutsiyani o`rganish zarurligini bildiradi. O`z huquq, erkinlik va burchlarimizni yanada chuqurroq anglashda qonunlarni   bilish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.  Konstitutsiya    huquq   va erkinliklarni    mustahkamlash   bilan   birga   fuqarolar   zimmasiga   burch  va mas`uliyatlar yuklaydi. Burch degani, avvalo Konstitutsiyani o`qib o`rganish-dan boshlanadi. Konstitutsiyani bilgan kishi o`z hatti-harakatini qonun doirasi ichida amalga oshiradi. Boshqa kishilarning hamda jamiyat va davlatning huquqi va erkini hurmat qiladi. Konstitutsiyani  bilish asosida sizda shakllangan huquqiy ong jamiyat taraqqiyotining  qudratli  kuchiga  aylanadi. Qonunlarni bilishning muhimligi oqibat natijada ana shunday maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu bois ajdodlarimiz qonunga hurmat va unda itoat qilishni qadrlagan. “Qonunni bilganga keng dunyo, qonunni bilmaganga  tor  dunyo”, “Qonunning kaliti adolat, adolat kaliti sahovat”, “Qonunbuzar-elbuzar, elbuzarni qonun tutar” va shu kabi hikmatli so`zlar ham qonunga bo`lgan ongli munosabatning mahsulidir. O’zbekiston Respublikasining Konsitutsiyasi – bu davlat va butun boshli jamiyat hayotini tartibga solib turuvchi, har bir oilaga, har bir insonga ta’sir o’tkazuvchi jonli, ishlab turgan mexanizmdir! O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida: «O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar», degan qoida mustahkamlab qo’yilgan.  O’zbekiston Respublikasi XII chaqiriq Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda moddama-modda...
1 2