islom-instituti@mail.ru         71-227-42-37

Blog

Nikohdagi muvofiqlik: Islomiy va zamonaviy qarashlar

Nikoh — Islomda eng muqaddas rishtalardan biridir. U faqatgina ikki insonning o‘zaro shaxsiy ittifoqi bo‘lib qolmay, balki jamiyatning axloqiy va ijtimoiy tuzilmasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim institutdir. Islomda, nikohga alohida e’tibor qaratilgan. Nikoh ibodat maqomida ko‘riladi. Bu borada mashhur hanafiy olimi Ibn Obidin rahmatullohi alayh quyidagi fikrni bildirgan: «Odam alayhissalomdan to qiyomatgacha ibodat qilib belgilangan […]

Najmiddin Abu Hafs Umar Nasafiy

Oʻrta asrlarda turli ilm sohalarida faoliyat olib borgan ushbu mutafakkir va qomusiy olimning ismi manbalarda kengaytirilgan holda Najmuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ismoil ibn Muhammad ibn Ali ibn Luqmon an-Nasafiy as-Samarqandiy[1] bo‘lib, Abu Hafs kunyasi bilan mashhur bo‘lgan. Mazhab jihatidan al-Hanafiy, tavallud topgan yurtiga nisbatan an-Nasafiy, keyinchalik ko‘chib borib istiqomat qilgan […]

ҚУРЪОНИ КАРИМ ТАФСИРЛАРИДА АРАБ ШЕЪРИЯТИ ЎРНИ

Қуръони карим — араб тили фазилатларини энг юксак даражада намоён қилган илоҳий каломдир. Ундаги лафз ва маъно гўзаллиги, услубий ранг-баранглик, баён кучи ва фасоҳат жиҳатидан Қуръон барча адабий матнлардан устундир. Уламолар бу ҳақиқатни ҳар доим эътироф этиб келганлар. Шу боис, Қуръон тафсирида араб тили илмларига, хусусан, «араб шеърияти (الشعر العربي)»га мурожаат қилиш тарихий жиҳатдан ўз […]

ISLOM SHARIATIDA MAHRNING HIKMATLARI

Islom dini har bir insonning sha’ni, qadr-qimmati, mol-mulki va oilaviy hayotini muhofaza qilishga katta e’tibor beradi. Bu jihatlar, ayniqsa, nikoh muqaddasligi va undagi mas’uliyatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Nikohning ajralmas qismi bo‘lgan mahr – er tomonidan xotiniga to‘lanadigan moddiy ne’mat sifatida Islomda muhim o‘rin tutadi. Mahr faqatgina moddiy ta’minot emas, balki bu orqali ayolning sha’ni, hurmati, […]

ҚУРБОНЛИК ҚИЛИШ ВА УНГА ДОИР АЙРИМ МАСАЛАЛАР

  Ислом оламида бешинчи аркон муборак ҳаж зиёрати адо қилинадиган зулҳижжа ойи кириб келди. “Йўлга қодир бўлганлар зиммасида Аллоҳ учун Байтни ҳаж қилиш (фарзи) бордир”, деган ояти каримага – Аллоҳ таолонинг амрига мувофиқ зиёратчилар ҳаж амалини бажаришга ошиқмоқдалар. Зулҳижжа ойининг фазилатли қурбонлик кунларида қурбонликни ният қилганлар, ушбу ниятини адо қилганларга беҳисоб ажру савоблар ёғилиши бор. […]