Movarounnahrda fiqh maktabining vujudga kelishi tarixiy jihatdan Somoniylar hukmronligi (819–999 yillar) davriga to’g’ri keladi. Ayni shu davrda Balx bilan Movarounnahr o’rtasida madaniy aloqalar yaxshi rivojlangan paytlar edi. Shuning uchun mahalliy fiqh maktabi shakllangan dastlabki davrlarda Balx, Bag’dod va boshqa hanafiy mazhabi markazlarining ta’siri sezilib turardi. Zero, Turkistonlik ulamolar dastlab Bag’dod va xalifalikning boshqa shaharlarida ta’lim olishar va o‘rgangan ilmlarini dars berish va asarlar yozish orqali keyingi avlodga yetkazar edilar. – Toshkent islom instituti talabasi Muhammad ISROILOV




