islom-instituti@mail.ru         71-227-42-37
Мақолалар

Бўлимлар

Sufyon Savriy rohimahullohning hadis ilmidagi oʻrni

“Shayxul islom” Sufyon Savriy rohmatullohi alayhi hadis toʻplamiga ega buyuk muhaddis, hofizlar imomi, mujtahid faqih, oʻz zamonida olim-u zohidlar toji sifatida tanilgan zotdir. Sufyon ibn Saʼid Savriy rohmatullohi alayhining toʻliq ismi: Sufyon ibn Saʼid ibn Masruq ibn Habib al-Kufiy. U zotning kunyasi Abu Abdulloh boʻlib, 97/716-yilda Kufada tugʻilgan.  Ilmiy faoliyati mobaynida Nishopur va Makka shaharlariga safar qilgan, ulamolaridan ilm olgan va hadis eshitgan. Ulomolar tomonidan u zot haqida koʻplab maqtovli soʻzlar aytilgan: Tarixi Bagʻdod kitobida Abu Hanifa rohmatullohi alayhining shunday deganlari haqida maʼlumotlar bor:  “Ibrohim (Naʼxaiy) vafot topsa insonlar qanday tushkunlikga tushsalar, Sufyon vafot topsa ham shunday tushkunlikga tushgan boʻlar edilar”. - Toshkent  islom instituti magistratura bosqichi talabasi Qosimjon OBIDOV

Konstitutsiya — demokratik davlat kafolati

Demokratik jamiyat qurishni maqsad qilgan har bir davlat avvalo o‘zining mustahkam konstitutsiyasiga tayanadi. Chunki Konstitutsiya – bu shunchaki qog‘ozda yozilgan qoidalar emas, balki xalqning irodasi, davlatning yo‘nalishi va jamiyatning ertangi kuni belgilangan bosh hujjatdir. Davlatning qanchalik adolatli, boshqaruvning qanchalik tartibli, fuqarolarning qanchalik erkin yashashi aynan Konstitutsiyaga bog‘liq bo‘ladi. - Toshkent islom instituti 102-guruh talabasi Abdulboqiyev Shukrullo

KONSTITUTSIYA — IJTIMOIY DAVLAT KAFOLATI

Konstitutsiya — har bir mamlakatning siyosiy, huquqiy va ijtimoiy hayotini tartibga soladigan bosh Qonuni bo‘lib, u jamiyatning barqaror rivojlanishi va fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda asosiy tayanch hisoblanadi. Har qanday davlatning kuchi uning konstitutsion poydevoriga, undagi demokratik tamoyillar qanchalik mustahkam o‘rnatilganiga bog‘liqdir. - Toshkent islom instituti 202-guruh talabasi Islomov Samandar

Konstitutsiya-suveren davlat kafolati

Konstitutsiya - suveren davlatning huquqiy asoslarini belgilovchi, davlat hokimiyati va jamiyat taraqqiyotining umumiy yo‘nalishlarini aniqlab beruvchi oliy huquqiy hujjat hisoblanadi. U davlat mustaqilligi va barqaror rivojlanishining muhim kafolatidir. - Toshkent islom instituti 102-guruh talabasi Muhammadamin G'IYOSIDDINOV

Sizlar Allohning yerdagi guvohlarisiz!

Sahobalar bir marhumning janozasi olib ketilayotganida yaxshi sifatlarini zikr qildilar. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Vajabat” — ya’ni, vojib bo‘ldi dedilar. Keyin ular boshqa bir marhumning janozasi olib ketilayotganida yomon sifatlarni zikr qildilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) yana: “Vajabat” — ya’ni vojib bo‘ldi dedilar. - TII Magistratura talabasi Turaqulov Abdurahim tayyorladi
1 16 17 18 19 20 743