islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Тавсия этамиз

Бўлимлар

Islomda vatanga muhabbat

Alloh taolo har bir bandaga dunyoda kasb qilgan ishi uchun oxiratda ham nasiba bo‘lishligini bildiradi. Modomiki, Alloh halol qilgan kasb borki, Allohning huzurida, qilgan mehnatlari uchun mukofot bordir. Bu haqda Qur’oni karimda bunday deyiladi: “Kim bir yaxshilik qilsa, unga o‘n barobar qaytarilur…” (An’om surasi, 160-oyat). Oyatdan ma’lumki, Alloh taolo kim qaysi soha va qaysi yo‘nalishda bo‘lishidan qat’i nazar, bir yaxshi amal qilgan kishini o‘n barobar mukofot bilan taqdirlashi nafaqat xizmatni taqdirlash, balki rag‘batlantirish hamdir. Bunday misollar Qur’oni karim va hadisi shariflarda ko‘p uchraydi...- Toshkent islom instituti talabasi Boqijonov Muhammadamin Jo‘rabek o‘g‘li

Hayo insonning ziynati

Xalqimizda “Imonsizda hayo, hayosizda imon bo‘lmaydi” degan ajoyib bir naql yuradi. Albatta bu hikmatli gaplar bekoriga aytilmagan. Bobokalonlarimiz har bir aytgan gaplarini hayot tajribalaridan, muqaddas kitobimiz Qur’on-u karim va hadisi sharifga to‘g‘ri keladigan va kelajak avlodning komil voyaga yetishi uchun xizmat qiladigan ma’no-mazmunlarda hikmat qilib qoldirilgan. Hayo imondan bir bo‘lak bo‘lib, u imonni sayqal topishida, go‘zal va pokligida muhim o‘rin tutadi...- Toshkent islom instituti talabasi Habibov Abduqahhor

Imomi A’zam Abu Hanifa hazratlarining shogirdlari Abu Yusufga irshod va vasiyatlari

Hazrati imom A’zam Abu Hanifa shogirdlari Imom Abu Yusuf (a.r.) ilm-u-Irfon, rushdu hidoyatda hamda husni siyratda kamolotni bilganlarida, bul zotga oq fotihalarini berib, mana bu nasihatni aytganlar: Ey, Yaqub! O‘g‘lim! Bu so‘zlarim hayoting dasturiga aylansin! Avvalo, podshoh va amirlarni ulug‘ sana! Hurmat-izzatlarini chiroyli ado et! Ularni Allohning ulug‘ bandalari deb bil! Huzurlarida barcha odob-axloq ko‘rsatmalariga rioya qil! Ul zotlarning oldiga kirganingda zinhor yolg‘on gapirma!...- Toshkent islom instituti talabasi Ibrohimov Bahodir

Keraksiz so’z til ofati

Til inson uchun berilgan ulkan ne’mat. U koʻplab yaxshiliklarga vosita va koʻplab yomonliklarni toʻsuvchidir. Undan toʻgʻri va oqilona foydalanish ham buyuk bir fazilatdir. Agarda buning aksi boʻlsa boshga balo boʻlishi va kishini koʻpgina xayr-barakalardan mahrum boʻlishiga sababchi boʻlishi mumkin...- Toshkent Islom Instituti talabasi Yaxshiboyev Muhammad Said

Tilingni saqla

Inson tilini tiymasa va ko‘ngli tusagan ishni qilaversa, halok bo‘ladi va qiyomat kuni azobga duchor bo‘ladi. Agar g‘iybat qiladigan bo‘lsa, g‘iybati sababli g‘iybat qilingan kishiga ozor yetadi. Uning dilida tilning jarohati paydo bo‘ladi. Til yetkazgan jarohatning tuzalishi qiyin. Tildan biror kishining ustidan shikoyat yoki uni so‘kish sodir bo‘lsa va qalbga til bilan jarohat yetkazilsa, u umr bo‘yi bitmaydi...- Toshkent islom instituti talabasi Yunusov Zuxriddin
1 19 20 21 22 23 62