Тафсир илми доирасида ёзилган энг мукаммал асарлардан бири Ибн Жарир ат-Табарийнинг “Жомиъ ал-Баён фи Тафсири ал-Қуръон” номли асаридир. Бу асар омма орасида “Тафсири Табарий”, “Тафсири Ибн Жарир” номлари билан ҳам машҳур. Ёқут ал-Ҳимавий: “Ибн Жарир ат-Табарий ушбу тафсирни ёзиш учун уч йил истихора қилганини айтган”, деган. Хатиб Бағдодий эса асар қирқ йилда кунига қирқ саҳифадан ёзиб тугатилганини ривоят қилган. - Тошкент ислом институти АРМ ходимаси Робия МАННОБЖОНОВА
Маъруф ибн Файруз ал-Кархий — Бағдодда яшаб ўтган буюк авлиёлардан бири бўлиб, куняси Абу Маҳфуз бўлган. У тақвоси, парҳезкорлиги, зоҳидлиги билан шуҳрат қозонган. Кўп эҳсон қилар, саховатли инсон бўлган. Ундан кўплаб карамотлар ривоят қилинган. Ибн ал-Жавзий машҳур «Сифат ас-сафва» китобида Кархийнинг карамотлари ҳақида алоҳида қисм ажратган.
Tarixning sahifalari shunchaki sanalardan iborat emas. Ba’zida ularning bag‘rida shunday voqealar yashiringanki, ular insoniyat xotirasida asrlar bo‘yi saqlanadi. Bugungi zikr qiladiganimiz Mo‘ta jangi ham nafaqat islom tarixida, balki, jahon zarvaraqlarida o‘chmas iz qoldirgan muhim voqealardan hisoblanadi. - Toshkent islom instituti 3-kurs talabasi Ruqayya YUSUFIY
Abu Abdulloh Rudakiy (taxminan 850-941) – fors shoiri boʻlib, fors sheʼriyati asoschilaridan biri boʻlgan. Bu zot fors tilida she’r yozgan yetakchi shoirlardan biri deb hisoblanadi. U nasr va nazmda yangi yoʻnalishni birinchi boʻlib boshlab bergan, rivojlantirgan shoirdir. Bu zotning sheʼrlari gʻazal, ruboiy, qasida, madhiya, marsiya, pandu-hikmat, hasbi hol (ahvol bayoni), mazammat (birovni haq-nohaq yomonlab aytilgan gap, malomat, ta’na), hajv hamda chistoy janrlarida yozilgan. - “Tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Faxriddin YERNAZAROV
Har bir musulmon qalbida ibratli hayoti bilan o'zgacha o'rin olgan sahobalar bo'ladi. Ularning sabrida himmat, sukunatida hikmat, qadamlarida jasorat yashiringan. Abu Qatoda roziyallohu anhu ana shunday ibrat namunasi bo‘lgan sahobalardan biridir, uning har bir amali, har bir so‘zi, har bir qadamida iymonning nafasi seziladi. - Toshkent islom instituti 3-kurs talabasi Ruqayya YUSUFIY