islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Тавсия этамиз

Бўлимлар

Bag’doddagi Muntasir madrasasi

Muntasir madrasasi Abbosiylar saltanati davrida 1233-yilda Bag‘dodda Abbosiylar xalifasi Al-Mustansir Billah tomonidan asos solingan qadimiy maktab bo‘lib, muhim ilmiy va madaniy markaz bo‘lgan. Bag‘dodning Rusafa tarafida joylashgan. “Muntasir madrasasi” Nizomiyya madrasasi yonidagi “Xalifalik saroyi” yonida, Dajla daryosi sohiliga qaragan 4836 kvadrat metr maydonda qurilgan. Madrasa oʻrtasida Mustansiriya madrasasi joylashgan katta favvora bor edi...- Toshkent islom instituti talabasi Dosmatov Kamoliddin

Sulton Hasan masjid-madrasasi

Sulton Hasan masjid-madrasasi — Qohiraning tarixiy tumanidagi Salohiddin maydonida joylashgan boʻlib, 1356—1363-yillarda mamluklar sultoni boʻlmish Sulton an-Nosir Hasan tomonidan qurilgan meʼmoriy yodgorlik majmuasi hisoblanadi. Majmua masjid, madrasa va Sulton Hasan maqbarasidan iborat. Masjid oʻzining ulkan oʻlchami va innovatsion meʼmoriy tarkibiy qismlari bilan ajoyib hisoblangan va bugungi kunda ham Qohiradagi eng taʼsirchan tarixiy yodgorliklardan biri hisoblanadi...- Toshkent islom instituti taabasi Fayzullayev Sulaymon

Ispaniyadagi Granada madrasasi

“Granada madrasasi” Ispaniyaning Granada shahridagi madrasa boʻlib, unga 1349- yilda Granada sultoni Nasriy monarxi Yusuf I tomonidan asos solingan. Ushbu madrasa “Yusufiya” nomi bilan ham tanilgan. Madrasa shaharning qoq markazida, bosh masjid (hozirgi Granada sobori joylashgan joy) va Alkayseriya yaqinida qurilgan...- Toshkent islom instituti talabasi Alimov Abdulmalik

Qorong’udagi ziyofat

Darhaqiqat, chin musulmon hammaga foydasi tegadigan, oʻziga ravo koʻrganini boshqaga ravo koʻradigan odamdir. Muqaddas dinimizda Alloh yoʻlida doʻstlashish va bir-biriga mehr-muhabbatli boʻlish savobi ulugʻ ibodatlardan hisoblanadi. Inson toki oʻzi uchungina yaxshi koʻrishni tark qilmas ekan, atrofidagi yor- birodarlarini foydasini hech qachon koʻzlamaydi...- Toshkent islom instituti talabasi Luqmonjonov Abdulbosit

Yog’och qayiq

Bir savdogar kunlarning birida tijorat maqsadida boshqa shaharga safar qilishni xohlagan edi. Lekin pullarini barchasini to’plab hisoblasa, ular juda oz ekan. Shunda u savdogar bir kishini oldiga borib, undan ming dinor qarz berib turishini so’radi. U kishi savdogar biror odamni kafil va vakil qilib keltirishi sharti bilan rozi bo’ldi. Lekin u kishi : "Sen rostgo’y kishisan Alloh sen uchun vakil va kafil bo’lsin" deb, pulni unga berib, qarzni to’lashlik uchun bir kunni belgiladi...- Toshkent islom instituti talabasi Meliboyev Abdulbosit
1 16 17 18 19 20 51