islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Дарслар

Бўлимлар

MUROBAHA SAVDOSI: MOHIYATI, TARIXI VA ZAMONAVIY AHAMIYATI

Murobaha savdosi – moliyaviy operatsiyalarning eng qadimiy va keng qo‘llaniladigan shakllaridan biri bo‘lib, uning asoslari islom iqtisodiyotida ribosiz savdo qilish tamoyillariga asoslanadi. “Murobaha” atamasi arab tilidan olingan bo‘lib, “foyda qo‘shib sotish” yoki “kelishilgan foyda bilan sotish” degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu savdo shakli islom iqtisodiyotida savdo munosabatlarining shariat tomonidan belgilangan shaffoflik va adolat tamoyillarini ta’minlash maqsadida shakllangan. Murobaha savdosining shar’iy asoslari Murobaha savdosining asoslari Qur’oni Karim va hadislar orqali belgilangan. Qur’oni Karimda ribo (foiz) aniq ta’qiqlangan bo‘lib, savdo esa halol qilingan (Baqara surasi, 275-oyat). Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) ham savdoda ochiqlik, halollik va shaffoflikka urg‘u berganlar. Aynan shu tamoyillar murobaha savdosining shariat talablariga muvofiqligini ta’minlaydi. Murobahaning asosiy xususiyati – sotuvchi tomonidan tovarning tannarxi va qo‘shiladigan foydaning aniq va ochiq-oshkora qilib xaridorga ko‘rsatilishidadir. Bu shaffoflik bitimning haqiqiyligini, shariatga muvofiqligini ta’minlaydi va riboviy muomalalardan farqlab turadi. Murobaha savdosining tarixiy shakllanishi Murobaha savdosining tarixiy ildizlari islomning ilk davrlariga, ya’ni VII asrning boshlariga borib taqaladi. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) va sahobalar davrida tijorat munosabatlarida mahsulotlarning tannarxi va foyda miqdorini ochiq-oshkora ko‘rsatib savdo qilish keng tarqalgan edi. Bu amaliyot keyinchalik islom huquqi (fiqh) kitoblarida ham o‘z aksini topdi va murobaha bitimlari iqtisodiy munosabatlarning islomiy shakli sifatida tan olindi. Tarixiy manbalarda murobaha savdosining qo‘llanilishi haqida ko‘plab misollar mavjud. Jumladan, Imom Abu Hanifa va boshqa fiqh olimlarining fatvolarida murobaha bitimlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, O‘rta asrlar musulmon savdogarlari orasida murobaha bitimlari tijoratning asosiy shakllaridan biri sifatida keng qo‘llanilganligi tarixiy hujjatlar bilan tasdiqlangan. Zamonaviy moliya tizimida murobaha savdosi XX asrning oxirlaridan boshlab, islom iqtisodiyotining qayta tiklanishi va rivojlanishi bilan bir qatorda, murobaha savdosi ham zamonaviy moliya tizimida qayta jonlandi va yanada takomillashdi. Bugungi kunda islom banklari va moliyaviy institutlar tomonidan murobaha savdosining zamonaviy shakllari ishlab chiqilib, keng qo’llanilmoqda. Zamonaviy moliya muassasalarida murobaha shartnomalari orqali ko‘chmas mulk, avtomobillar, ishlab chiqarish uskunalari va boshqa yirik xaridlar moliyalashtirilmoqda. Murobaha orqali bitim tuzishda bank yoki moliyaviy institut mijozning talabiga ko‘ra mahsulotni xarid qiladi va uni aniq xarajat va belgilangan foyda bilan bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini yaratgan holda sotadi. Shu tarzda moliyaviy muassasalar ribosiz va shariatga mos moliyaviy xizmatlarni taqdim qilishmoqda. Murobaha savdosining shariat talablari Murobaha savdosining shariat talablari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Tannarxning aniq va oshkora bo‘lishi; Sotuvchi mahsulotga ega bo‘lishi va uning sotuv vaqtida mavjud bo‘lishi; Foyda miqdorining kelishilgan va qat’iy belgilangan bo‘lishi; Bitimning shaffofligi va tomonlarning o‘zaro kelishuv asosida amalga oshirilishi. Ushbu talablar bajarilgan holatda murobaha bitimi shariatga muvofiq va halol hisoblanadi. Aks holda, bitimning shariat tomonidan qabul qilinmasligi va riboviy bitimga aylanish xavfi mavjud. Xulosa Murobaha savdosi islom moliyaviy tizimida o‘ziga xos o‘rin tutib, ribosiz moliya amaliyotlarini amalga oshirish uchun samarali vositadir. Uning tarixiy ildizlari va zamonaviy rivojlanish istiqbollari murobahaning iqtisodiy ahamiyatini yanada oshiradi. Biroq, murobaha bitimlarining shariat talablariga qat’iy muvofiq amalga oshirilishi uning halolligini va zamonaviy iqtisodiyotda keng qo‘llanilishini ta’minlash uchun asosiy shart bo‘lib qolmoqda. Tillayev Muhammadali TII 404-guruh talabasi 433

MULLA ALIY QORINING HANAFIY FIQHIGA QO‘SHGAN HISSASI

Islom tarixida fiqh – ya’ni shariat qonunlari va diniy hayot qoidalarini o‘rganish ilmiga xizmat qilgan ko‘plab buyuk olimlar yetishib chiqqan. Ularning orasida o‘z bilim va fidokorligi bilan ajralib turgan ulug‘ allomalardan biri – Mulla Aliy Qoridir. U hanafiy fiqhining asoslarini chuqur o‘rganib, uni keng ommaga tushunarli tarzda yetkazish, diniy bilimlarni tartibga solish va rivojlantirish borasida ulkan hissa qo‘shgan. Abdulvoris NURIDDINOV, TII 4-bosqich talabasi

Ulamolar nazdida tabarruk masalasi

Islomning dastlabki asrlarida yashagan mutaqaddim ulamolarimiz – sahobalar, tobeinlar va ilk muhaddislar – tabarruk masalasida amaliy yondashuvni afzal ko‘rganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hayotlarida sahobalar u zotning soch tolasi, kiyimlari, hatto tupurgan joylarini tabarruk qilishgan. Buxoriy va Muslimda keltirilgan hadisda Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytadi: Nasrulloh OTAJONOV, TII 4-kurs talabasi

SIYRAT DAVRINING BOSQICHLARI

Har bir davr o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lib, ularning har biri Qur’on oyatlarining nozil bo‘lishi va tafsirida bevosita rоl o‘ynagan. Shunday qilib, Payg‘ambarimiz alayhissalomning siyratlarini bosqichma-bosqich o‘rganish, bu muqaddas yo‘lni yoritib, Qur’oni karim oyatlarini chuqurroq anglash, hadislarning ma’no va mazmunini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi. Har bir davr – Makka va Madina bosqichlari – Islom dinining shakllanishi, mustahkamlanishi va butun insoniyatga yoyilishi yo‘lida bebaho saboqlarni o‘zida mujassam etgan. Bu davrlar faqat tarixiy tafsilot emas, balki hayotiy yo‘l-yo‘riq, axloqiy mezon va ruhiy tarbiya manbai sifatida biz musulmonlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muhammaddiyor MO‘MINOV, TII 4-kurs talabasi

Asossiz taloq qilishning jamiyatga zararlari

"Agar ular orasida nizolashishdan qo‘rqsangiz, unda erning oilasidan bir hakam va ayolning oilasidan bir hakam tayinlang. Agar ular (hakamlar) yarashishni xohlasalar, Alloh ularning orasini totuv qiladi. Albatta, Alloh (hamma narsani) biluvchi va (hamma narsadan) xabardor zotdir". Mazkur oyatdan anglashiladiki, shariatimiz nizolarni hal qilish uchun qadam-baqadam choralar ko‘rishni talab qiladi va darhol taloqqa murojaat qilishdan qaytaradi. Shu bilan birga shariatimizda taloq erkakning qo‘lida bo'lganligining hikmati odatda er kishilar oqilona qarorlar qabul qiladilar. Shuning uchun taloq ishi er kishini qo'liga topshirilgandir. Hidoya kitobida bu borada shunday deyiladi:.. Shamsiddin BURXONIDDINOV, TII 4-kurs talabasi
1 2 3 4 50