islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Долзарб мавзулар

Бўлимлар

Mutaassiblik – din emas, johillikdir

Bugungi kunda ba’zilar o‘zini “dinga yaqin” deb bilsa-da, aslida dinning ruhini emas, faqat tashqi ko‘rinishini muqaddas sanaydi. Bunday kishilar ba’zida mutaassiblikka berilib ketadi. Ammo mutaassiblik — bu dinni tushunish emas, balki uni noto‘g‘ri talqin qilishdir. Mutaassiblik nima? Mutaassiblik — bu kishining o‘z fikri, qarashi yoki mezonini mutlaq haqiqat deb bilishi va boshqalarning fikrini inkor etishidir. Ayniqsa, dinga doir masalalarda bu holat xavflidir. Rasululloh (s.a.v.) mutaassiblikdan ogohlantirganlar. U zot (s.a.v) aytganlar: “Uch narsa halokatga yetaklaydi: xasislik, nafsga ergashish va kishi o‘zini haqli deb o‘ylashi.” (Tabaroniy rivoyati) Mutaassib inson aynan shunday bo‘ladi: o‘zini doim haqli sanaydi, boshqalarga quloq solmaydi. Islom bag‘rikenglik dini Islom har doim o‘rtacha yo‘lni, adolat va hikmatni tanlagan. Rasululloh (s.a.v) hech qachon odamlarni kamsitmagan, rad etmagan, hattoki mushriklar bilan ham muomalada odobli bo‘lgan. Alloh taolo Qur’onda aytadi: “Rabbingning yo‘liga hikmat va chiroyli nasihat bilan da’vat qil…” (Nahl surasi, 125-oyat) Bu hadis bugungi musulmonlarga ham muhim dars: odamlarni o‘zimizdan qochirish emas, dinni mehr bilan yetkazish kerak. Bugungi kunda mutaassiblik qanday ko‘rinishda? – Fikr bildirgan odamni darhol “bid’atchi” deb ayblash – Diniy masalalarda ilmi bo‘lmasa-da, fatvo berish – Boshqacha kiyingan, boshqacha ibodat qilganlarni haqorat qilish  Ayniqsa, mutaassiblik bugungi globallashuv davrida yosh avlod uchun juda xavflidir. Yoshlarimiz bugun ilm-fan, texnologiya, san’at, tadbirkorlik va boshqa ko‘plab sohalarda yuksalishga intilayotgan, o‘z o‘rnini topishga harakat qilayotgan bir davrda, ayrim mutaassib guruhlar ularning e’tiborini chalg‘itishga, yo‘lidan burishga urinishmoqda. Ular yolg‘on g‘oyalarni haqiqat deb ko‘rsatib, yoshlar ongini zaharlaydi. Bu esa radikallik, bag‘rikenglikning yo‘qolishi va hatto zo‘ravonlikka olib keladi. Shuning uchun har bir ota-ona, ustoz, imom, va jamoat vakili yoshlarni diniy savod bilan qurollantirishi, mutaassib g‘oyalar oldida himoyasini mustahkamlashi lozim. Yoshlarga chin dindorlik — ilm, sabr, odob, va bag‘rikenglik orqali bo‘lishini tushuntirishimiz kerak. Bu holatlar dinni targ‘ib qilish emas. Islom dini mutaassiblikka xayrxohlik bildirmaydi. Aksincha, teran o‘ylashga, boshqalarga nisbatan murosali bo‘lishga chaqiradi. Islom dini poydevori bag‘rikenglik va yengillik asosiga qurilganini eslashimiz o‘rinlidir. Shu ma’noda, Imom Buxoriy (r.a) Abu Hurayra (r.a)dan rivoyat qilgan hadisi sharifda shunday deyiladi: “Albatta, din yengillikdir. Kim dinda chuqur ketsa, (din) uni yengadi”. Yuqorida aytganimizdek, mutaassiblikning salbiy oqibatlari juda ham ko‘p. Jumladan, o‘zgalarga nisbatan tahqir va malomatlarni yog‘dirish, o‘zganing fikrini eshitmaslik hamda xolislikning yo‘qolishi natijasida haqiqatdan yuz o‘girish, kishilarni dindan bezdirish, musulmonlar orasida kelishmovchilikni chiqarish va bir qancha xatarlari mavjud. Mutaassiblik dinga bo‘lgan muhabbatning belgisi emas. Bu — johillik bilan aralashgan haddan oshishdir. Islom bu yo‘ldan ogohlantiradi va mutaassiblikning har qanday ko‘rinishi, xususan, kishining o‘z fikrida murosasiz bo‘lishini qattiq qoralaydi. Zero, Alloh taolo Kalomi sharifida marhamat qiladi: “Alloh sizlarga yengillikni istaydi, og‘irlikni xohlamaydi” (Baqara, 185). Alloh bizni mo’tadil, bag‘rikeng va odil musulmonlardan qilsin. Har bir harakatimizda ilm, hikmat va odob bo‘lsin 402-guruh talabasi Abdusalomov Hojimurod “Diniy mutaassiblik, mohiyat, maqsadlar va oldini olish yo’llari” kitobi asosida tayyorladi 223

RADIKALLASHUV

Bugungi globallashuv davrida davlatlarning ijtimoiy-siyosiy barqarorligi ko‘p jihatdan jamiyat a’zolari, xususan yoshlarning siyosiy faolligiga bog‘liq bo‘lib bormoqda. Siyosiy faollik esa o‘z navbatida mamlakatda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda siyosiy jihatdan faol ishtirok etishni talab qiladi. Demokratik mazmundagi va insonparvarlik g‘oyalari bilan mustahkamlangan hamda milliy o‘ziga xos xususiyatlar bilan himoyalangan siyosiy madaniyat modeli ko‘proq o‘zining yashovchanligini ko‘rsatmoqda. Shu jihatdan, yoshlarning siyosiy ongiga ta’sir ko‘rsatishga intilayotgan buzg‘unchi kuchlar manbalarini aniqlash, yoshlarda barqaror siyosiy madaniyatni shakllantirish davr talabiga aylangan. Shu bilan birga, bugungi axborot asrida ma’lumotlar oqimining kuchayib borayotganligi ijtimoiy hayotimizda ularni saralash va tahlil qilishni qiyinlashtiradi. Bu ma’lumotlar ichida yoshlar qatlami ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, ularda ijtimoiy-siyosiy keskinlik kayfiyatini keltirib chiqaruvchi “oqimlar”ning mavjudligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, yoshlarda radikal kayfiyatga undash holatlari tobora avj olganligini kuzatishimiz mumkin. Dastlab, “radikalizm” tushunchasi va uning turli talqinlari, kelib chiqish tarixi va siyosiy-mafkuraviy asoslarini o‘rganish hamda namoyon bo‘lish shakllarini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Radikalizm ko‘pincha norozilik va muxolifat faoliyatining ayrim subyektlarining siyosiy manfaatlarini tavsiflash uchun «siyosiy ekstremizm» iborasining sinonimi sifatida ishlatiladi. Biroq, ularning farqi aniq va siyosiy nizolarni hal qilishning demokratik va konstitutsiyaviy-me’yoriy vositalarida ko‘rinadi. “Radikal” atamasi – lotincha “radicalis” – “ildizga oid”, “ildiz” so‘zidan olingan bo‘lib, qat’iy va keskin choralar, harakatlar, dasturlar tarafdori, degan ma’nolarni anglatadi. Shu bilan birga, ba’zi talqinlarga ko‘ra, “Radikalizm – tom ma’noda oxirigacha borish, har qanday faoliyatda tub o‘zgarishlarga erishish uchun murosasiz istakni anglatadi”[1]. Mavjud davlat tuzumini tanqid ostiga olib, radikal o‘zgarishlar va islohotlar o‘tkazishni talab etuvchi siyosiy oqim sifatida e’tirof qilinadi. Bunday oqim tarafdorlari o‘z oldiga qo‘ygan g‘arazli maqsadi yo‘lida hech narsadan tap tortmaydi. Yer yuzidagi mavjud davlatlarning tinchligi, davlat sifatidagi maqomi, milliy qadriyati, tili, dini, asriy an’analarining izdan chiqishi, yemirilishi uchun yovuz harakatini olib boradi. Buning natijasida butun bir xalqning siyosiy-ijtimoiy barqarorligiga tahdid tug‘iladi. Radikal g‘oyalar va harakatlar qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lsa-da, «radikalizm» atamasi XVIII asrning oxirida Angliyada paydo bo‘lgan. Bu tushuncha falsafani ham, dinni ham, siyosatni ham, g’oyalarni ham, usullarni ham qamrab oladi. «Radikalizm» va «ekstremizm» tushunchalari hokimiyat uchun yoki mavjud hukumatga karshi kurash bilan birga paydo bo‘lgan hodisalarning o‘zidan ancha keyin paydo bo‘lgan. Radikalizm bo‘yicha kanadalik tadqiqotchi M.Neumann ushbu atamani ilk bora 1802-yilda chop etilgan qisqa Oksford lug‘atida uchratganini ta’kidlaydi[2]. Shuning uchun ushbu atama ancha oldin ham turli ma’nolarida qo‘llangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u dastlab I.Bentam tomonidan falsafaning yangi yo‘nalishiga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lsa, keyinchalik bu tushuncha siyosiy, diniy, madaniy okimlarga tarkalib, XIX asrda ijtimoiy va siyosiy qarashlar va mafkuralarga doir mavzular doirasiga kirib boradi. Radikalizmning ilmiy tadqiqi ta’riflarning keng doirasi bilan tavsiflanadi. Ko‘pincha bu tushuncha mavjud ijtimoiy va siyosiy institutlarni tubdan o‘zgartirishga qaratilgan siyosiy g’oyalar va harakatlarni bildirish uchun ishlatiladi. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qilayotgan davrda radikallashuvga qarshi kurash dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda bashariyat qo‘lida to‘planib qolgan ommaviy qirg‘in qurollari yer kurrasidagi hayotni bir necha bor yo‘q qilishga qodir. Biroq, bugungi kunda biron bir kuchli davlat boshqa bir mamlakatni kuch yo‘li bilan qaram qila olmaydi. Bu borada fikriy kurash, mafkuraviy tazyiq asosiy qurolga aylanmoqda. Chunki, fikran qaram mamlakatning moddiy va ma’naviy boyliklarini uning hududiga qurol olib kirmay turib...

Toshkent islom instituti qoshidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi tinglovchilariga “Dunyoviy-ma’rifiy davlat” tushunchasi mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi

O‘quv seminarida Toshkent islom instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri A.Egamov, “Qur’on ilmlari” kafedrasi mudiri J.Ne’matov, “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi bo‘limi boshlig‘i A.Rashidov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Parpiyev, bo‘lim xodimlari, o‘quv kursi o‘qituvchi va tinglovchilari ishtirok etdi. “Qur’on ilmlari” kafedrasi mudiri J.Ne’matov so‘zga chiqib, tadbirni boshlab berdi. Ma’ruzada Qur’oni karim fazilati, uni o‘rganuvchining odob-axloqi, tarbiyasi haqida gapirdi. Shuningdek, Qur’oni karimni ta’lim olish bilan birga uning odobini ham o‘rganish zarurligi, o‘zining odobi bilan boshqalardan ajralib turishi kerak ekanini ta’kidladi. Qur’oni karim yodlashning oson va yengil usullarini o‘rgatdi. So‘ng “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri A.Egamov tadbirni davom ettirib, seminarning asosiy mavzusida maruza qildi. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va Yangi O‘zbekistonning muhim strategik yo‘nalishlari asosida mazkur tamoyil o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ldi. Bu holat hatto 2021 yilda yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiri-tishga ham sabab bo‘ldi. Natijada diniy sohani liberallash-tirishga qaratilgan ulkan islohotlar amalga oshirilganining guvohimiz. O‘zbekistonda 16 ta konfessiyaga mansub 2356 ta diniy tashkilotlar faoliyat yuritadi. Ularning 2159 tasi islomiy diniy tashkilotlar, 179 tasi xristian diniy tashkilotlar, 8 tasi yahudiy va 6 tasi Bahoiylik jamoalari hamda krishna va buddaviylik diniy tashkilotlari hisoblanadi. Professional diniy ta’limga ham katta e’tibor qaratildi. Islom ta’limotlari bo‘yicha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, 10 ta o‘rta maxsus va 3 ta oliy diniy ta’lim muassasalari, xristianlik ta’limotlari bo‘yicha Toshkent pravoslav seminariyasi va Toshkent protestantlik seminariyalari faoliyat yuritmoqda. Davlat va dinning uyg‘un munosabatlari jamiyatni har tomonlama taraqqiy ettirishga xizmat qilyapti. Jumladan, mazkur ikki unsur bugungi kun avlodlarining barkamolligi, ma’naviy yetukligi va yuksak axloqiy qadriyatlar bilan tarbiya-lanishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shmoqda. Diniy qarash va ta’limotlarning turlicha talqin qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida “noqonuniy diniy faoliyat” bilan “qonuniy diniy faoliyat” o‘rtasidagi chegara aniq belgilab qo‘yildi hamda “diniy ta’lim” tushunchasiga hukukiy jihatdan aniqlik kiritilgan. Bugungi kunda dunyoning ko‘pgina mintaqalarida notinch vaziyat hukm surayotgani tufayli diniy omildan g‘arazli maqsadlarda foydalanish kuchayib borayotganini inobatga olib, O‘zbekiston hududida buzg‘unchi g‘oyalarning tarqali-shiga yo‘l qo‘ymaslik uchun diniy mazmundagi bosma, audio va video mahsulotlarni ekspertizadan o‘tkazish dolzarb bo‘lib qolmoqda. Qonunda, jamiyatda turli yot qarashlarni targ‘ib qilayotgan guruhlarning faoliyati, ular tomonidan tarqatilayotgan buzg‘unchi g‘oyalarning salbiy ta’siridan aholini himoya qilish maqsadida diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertiza-sining ijobiy xulosasini olgandan keyin tayyorlash, olib kirish va tarqatish belgilab qo‘yildi. “Bundan tashqari, davlat idoralari tomonidan qonun norma-lari noxolis talqin qilinishi va turlicha qo‘llanishining oldini olish maqsadida atama va tushunchalarga ta’riflar kel-tirildi, ular aniq va ravshan tarzda bayon etildi. Negaki, qonun atamalarining noto‘g‘ri talqin qilinishi natijasida turli tushunmovchiliklar, masalaga noxolis yondashuv holatlari vujudga kelishi mumkin, deyiladi sharhda. Shu kabi omillardan kelib chiqib, Qonunda har bir insonning Konstitutsiyamiz bilan kafolatlangan huquqlariga mos ravishda, fuqarolarga diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilandi”. TII Matbuot xizmati 2 108

“Экстремистик ва террористик оқимларнинг шахс онгини бошқариш услублари” мавзусида суҳбат ўтказилди

Имом Бухорий номидаги Тошкент ислом институтида “Март – Эътиқод мусаффолиги ойлиги” муносабати билан Диний ишлар бўйича қўмита Ахборот-таҳлил маркази ходими Нодир Шомирзайев ва Республика қайтариқ гуруҳи мутахассиси Турақулов Қаҳрамон иштирокида “Экстремистик ва террористик оқимларнинг шахс онгини бошқариш услублари” мавзусида илмий суҳбат бўлиб ўтди. Давра суҳбатида институт ўқитувчилари ва кундузги таълим шакли талабалари иштирок этди. Бугунги кунда дунё хавфсизлиги ва барқарорлигига таҳдид солаётган жиддий муаммолардан бири – экстремистик ва террористик оқимларнинг кенгайиб боришидир. Ушбу оқимлар ёшлар ва тажрибасиз инсонларни ўз сафига жалб қилиш учун турли тарғибот усулларидан фойдаланади. Уларнинг энг хавфли қуролларидан бири – шахс онгини бошқаришдир. Экстремистик гуруҳлар ўз ғояларини тарғиб қилишда диний, сиёсий ёки ижтимоий мафкураларни бузиб талқин қилиш орқали тарафдорларини ҳақли эканлигига ишонтиради. Улар: Ўз ғояларини динга боғлаш – мафкураларини диний манбаларга асосланган деб кўрсатади. Диний далилларнинг нотўғри талқини – Қуръон ва Ҳадисдаги оят ва ривоятларни ўз мақсадлари йўлида бузиб шарҳлайди. Жамиятни бўлиш – “тўғри йўлдагилар” ва “адашганлар” каби кескин фарқлаш орқали қарама-қаршиликни кучайтиради. ТИИ Ақоид ва фиқҳий фанлар кафедраси кабинет мудири М.Азизов 2 115

Islomda ijtimoiy himoyaning jamiyat barqarorligida tutgan o’rni

Ijtimoiy himoya – davlat tomonidan kam taʼminlangan qatlamlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tizimlashtirilgan yordam sistemasi boʻlib, davlatning fuqarolarga xizmat qiluvchi ijtimoiy xususiyatini oʻzida aks ettiradi... - TII “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi Maxfuzaxon Jaloldinova
1 2 3 233